Poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi start oldi
Qayd etish joizki, mazkur bahs oʻz navbatida 2025-yilda yurtimiz mezbonlik qiladigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik va milliy terma jamoamiz aʼzolarini saralash vazifasini oʻtaydi.
' Soʻnggi yillarda qilichbozlarimiz oʻz mahorati, kuchi va irodasini koʻrsatib, jahon chempioniga aylanyapti, ' deydi Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi maslahatchisi Ubaydulla Hikmatullayev. ' Hozirda yurtimizning 80 nafarga yaqin sara sportchilari Oʻzbekiston kubogi bahslarida kuch sinashyapti. Ular orasida kelajagi porloq qilichbozlar juda koʻp, shu bois ham saralash biz uchun oson kechayotgani yoʻq.
Darhaqiqat, soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu sport turiga eʼtibor kuchaydi. Viloyatlarimiz, hatto chekka hududlarda ham navqiron avlod vakillari emin-erkin shugʻullanishi, oʻz ustida ishlashi uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Tashkil etilayotgan mazkur musobaqa nafaqat oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlariga hozirlik koʻrish, balki kattalar oʻrtasidagi Olimpiya bahslari uchun sportchilar bazasini shakllantirish va kelgusi gʻalabalarga zamin yaratishi bilan alohida ahamiyatga molik.
SOG'LOM HAYOT UCHUN
Osoyishtalik posbonlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan ham muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston yana bir xalqaro turnirga mezbonlik qildi
Oʻzbekistonda sportning ITKF karate-do turi boʻyicha barcha yosh toifalari oʻrtasida xalqaro turnir oʻtkazildi.'Ushbu xalqaro turnir: 6-8 yosh ' bolalar va qizlar, 9-13 yosh ' yoshlar va qizlar, 14-18 yosh ' oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytda mamlakatingizda 5 ming nafardan ziyod sportchilar ushbu sport turi bilan shugʻullanib kelmoqda. Oʻzbekiston bundan oldin ham 1-marta jahon va 4-marta Osiyo chempionatiga me

Afroʻza Hamdamova ikki karra jahon chempioni boʻldi
Afroʻza Braziliyada boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval gʻalaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi. U 10 ta partiyada 9,5 ochko toʻpladi (9 ta gʻalaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija koʻrsatishidan qatʼi nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilgi Afruza oʻtgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida ham muddatidan oldin gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi v