Poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi start oldi
Qayd etish joizki, mazkur bahs oʻz navbatida 2025-yilda yurtimiz mezbonlik qiladigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik va milliy terma jamoamiz aʼzolarini saralash vazifasini oʻtaydi.
' Soʻnggi yillarda qilichbozlarimiz oʻz mahorati, kuchi va irodasini koʻrsatib, jahon chempioniga aylanyapti, ' deydi Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi maslahatchisi Ubaydulla Hikmatullayev. ' Hozirda yurtimizning 80 nafarga yaqin sara sportchilari Oʻzbekiston kubogi bahslarida kuch sinashyapti. Ular orasida kelajagi porloq qilichbozlar juda koʻp, shu bois ham saralash biz uchun oson kechayotgani yoʻq.
Darhaqiqat, soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu sport turiga eʼtibor kuchaydi. Viloyatlarimiz, hatto chekka hududlarda ham navqiron avlod vakillari emin-erkin shugʻullanishi, oʻz ustida ishlashi uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Tashkil etilayotgan mazkur musobaqa nafaqat oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlariga hozirlik koʻrish, balki kattalar oʻrtasidagi Olimpiya bahslari uchun sportchilar bazasini shakllantirish va kelgusi gʻalabalarga zamin yaratishi bilan alohida ahamiyatga molik.
Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin
Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.'PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod', deydi u.Shuningdek, 'Foot01' sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.'Abduqodir Husanov mavsu

Abduqodir Husanov Fransiyada oyning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi!
Oʻzbekistonlik isteʼdodli yosh himoyachi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda 'Liga 1'ning rasmiy sahifasida maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, 'Lans' klubi himoyachisi Fransiya chempionatida oktyabr oyining 'Eng yaxshi yosh futbolchisi' deb topildi. Abduqodir muxlislar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi. Qayd etish kerakki, Husanov bunday unvonga ega boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi.Hus
“Oltin toʻp”ga kim loyiq? Messi oʻz tanlovini amalga oshirdi
Argentina terma jamoasi hamda 'Inter Mayami' hujumchisi Lionel Messi 2024-yilgi 'Oltin toʻp'ni hamma taxmin qilayotganidek 'Real Madrid va Braziliya terma jamoasi aʼzosi Vinisius emas, oʻzining terma jamoadagi sherigi qoʻlga kiritishi kerakligini bildirdi. Bu haqda 'Goal' nashri yozgan.Gap shundaki, 8 karra 'Oltin toʻp' sohibi Argentina va 'Inter' jamoasi aʼzosi Lautaro Martines 'Oltin toʻp'ni qoʻlga kiritishi kerak deb hisoblaydi.'U juda ajoyib mavsum oʻtkazdi. Amerika Kubogida eng yax