Shimoliy Koreya askarlari Ukraina chegarasiga yaqinlashdi
Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singxga koʻra, dushanba kuni Rossiya sharqiga mashgʻulotlar uchun yuborilgan Shimoliy Koreyaning 10 000 askaridan baʼzilari Ukraina chegarasiga yaqinlashgan. AQSH oʻtgan hafta ular sonini 3 mingtagacha baholagan edi.
'Bu askarlarning bir qismi allaqachon Ukrainaga yaqinlashgan va biz Rossiya ulardan jangovar harakatlarda yoki Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi yaqinidagi Kursk viloyatida Ukraina kuchlariga qarshi jangovar operatsiyalarda yordam berishidan xavotirdamiz', ' deydi Singx jurnalistlarga.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol seshanba kuni Shimoliy Koreya harbiylarining joylashtirilishi uning mamlakati milliy xavfsizligiga ham, xalqaro hamjamiyatga ham tahdid solayotganini aytib, Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi noqonuniy harbiy hamkorlikni qoralagandi.
NATO Bosh kotibi Mark Ryutte dushanba kuni Shimoliy Koreya askarlarining joylashtirilishi Ukraina mojarosining sezilarli keskinlashuvi va Rossiya urushining xavfli kengayishi ekanligini taʼkidlagan edi.
'Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi chuqurlashib borayotgan harbiy hamkorlik Hind-Tinch okeani va Yevro-Atlantika xavfsizligiga tahdiddir', ' dedi Ryutte.
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi OAVning Rossiyaga qoʻshin kiritilishi haqidagi xabarlarini tasdiqlamadi, biroq agar Pxenyan shunday chora koʻrgan boʻlsa, bu xalqaro normalarga mos kelishiga ishonishini aytdi.
Moskva dastlab Shimoliy Koreyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtiroki haqidagi xabarlarni 'soxta xabar' deb rad etdi. Ammo Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya qoʻshinlari Rossiyada ekanligini inkor etmadi va bu Pxenyan bilan hamkorlik shartnomasini qanday amalga oshirgani ichki masala ekanini qayd etdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov dushanba kuni Ryuttening izohlarini rad etdi va Pxenyan hamda Moskva shu yilning iyun oyida qoʻshma xavfsizlik shartnomasini imzolaganini taʼkidladi.
Manbalarga koʻra, AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Davlat kotibi Entoni Blinken shu hafta oxirida Vashingtonda janublik hamkasblari bilan uchrashib, Shimoliy Koreyaning Ukrainadagi aralashuvini muhokama qiladi.
'Agar biz Shimoliy Koreya qoʻshinlarining front chizigʻi tomon harakatlanayotganini koʻrsak, ular urushda sheriklardir. Ularga qarshi AQSH tomonidan taqdim etilgan qurollardan foydalanishda hech qanday cheklovlar boʻlmaydi', ' deydi Singx
Janubiy Koreyaning 'Yonhap' milliy axborot xizmati xabar berishicha, prezident Yun Sok Yol mamlakat vazirlar mahkamasi yigʻilishida Shimoliy Koreyaning Rossiya bilan harbiy hamkorligi fonida mamlakat barcha imkoniyatlarni sinchkovlik bilan baholab, qarshi choralar koʻrishi kerakligini aytgan.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibixaning aytishicha, Kiyev bir necha haftadan beri Shimoliy Koreya askarlarining joylashtirilishi haqida ogohlantirib kelgan va ittifoqchilarni keskin javob qaytara olmaganlikda ayblagan. Shuningdek, u Rossiyaga qarshi uzoq masofali zarbalar berishdagi cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi. Biroq, AQSH Ukrainaning Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun qurol ishlatish haqidagi iltimosini maʼqullashi haqida hech qanday maʼlumot bermadi.
Putinning Germaniya bilan muloqoti NATOni norozi qildi
Germaniya kansleri Olaf Sholsning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti NATOda keskin tanqidlarga sabab boʻldi. Polsha Bosh vaziri Donald Task bu qoʻngʻiroqni 'faqatgina telefon diplomatiyasi' deb atab, uni real yordam oʻrnini bosa olmasligini taʼkidladi. Unga koʻra, Gʻarbning haqiqiy qoʻllab-quvvatlovi Ukrainaga zarur. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Qayd etish kerakki, Moskva soʻnggi hujumda Ukrainaga 120 ta raketa va 90 ta dron yuborgan. Unga koʻra,
Olimlar: AQSHda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami qayd etiladi
Mutaxassislar Qoʻshma Shtatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kuchli kataklizm belgilarini aniqladi. Mamlakatda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami boʻlishi mumkin.Olimlar Kanada janubidan Kaliforniya shimoligacha choʻzilgan Kaskad togʻlarini oʻrganib chiqdilar va AQSH-Kanada chegarasidan Kaliforniya shimoligacha boʻlgan 970 kilometrlik yoriq boʻylab toʻrtta alohida segmentni aniqladilar. Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda bu hududda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zilzil
Tramp sogʻliqni saqlash uchun kichik Kennedini tanladi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp munozarali siyosatchi va vaksinaga shubha bilan qaraydigan kichik Robert Kennedini Sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish kotibi etib tanladi. Kichik Kennedi oʻzining saylovoldi kampaniyasini toʻxtatib, Respublikachi nomzodni qoʻllab-quvvatlagan edi.'Men kichik Robert Kennedini Qoʻshma Shtatlar sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish vaziri deb eʼlon qilishdan juda xursandman', ' deb yozgan Tramp oʻzining '
Xitoy uchun kim yaxshiroq: Harris yoki Tramp?
AQSHdagi prezidentlik saylovi gʻolibi dunyodagi ikki yirik iqtisodiyot va raqib kuchlar AQSH hamda Xitoy oʻrtasidagi bahsli munosabatlarga katta taʼsir oʻtkazishi mumkin. Biroq saylov yangiliklari qattiq senzuralangan Xitoyda aholi u yoki bu nomzodning gʻalabasi ikki davlat oʻrtasidagi keskinlikni yumshata olishiga unchalik ham ishonmaydi. Chunki ular har qanday holatda ham AQSH Xitoyning global sahnadagi yuksalishini cheklashga harakat qilishiga ishonadi.Pekin Trampning Xitoy mahsulotlari