Surxondaryo viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi masʼullari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklarning viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Termiz shahridagi Matbuot uyida tashkil etilgan anjumanda markaziy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Zaxriddin Toʻrayev boshqargan yigʻilishda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, tadbirkorlik rivojiga qaratilayotgan eʼtibor hayotimizning barcha jabhalarida yangilanish va tub oʻzgarishlarga zamin hozirlaganini alohida taʼkidladi.
' Iqtisodiy islohotlar samarasi yurtdoshlarimiz hayotidagi oʻzgarishlarda namoyon boʻlmoqda, ' deydi viloyat hokimining matbuot kotibi Murodbek Davlatov. ' Birgina viloyatimiz misolida aytadigan boʻlsak, barcha sohalarida muhim oʻzgarishlar yuz berib, aholining yashash va ishlash sharoiti rivojlanib bormoqda. Hududlar infratuzilmasi kun sayin oʻzgaryapti, ravon yoʻllar, ijtimoiy obyektlar aholiga qulayliklar yaratmoqda. Bunda, albatta, tijorat banklarining ham hissasi katta. Buni joriy yilning 9 oyida hududlardagi tijorat banklari barcha moliyalash manbalari hisobidan 6 trillion 134 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratib, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarni qoʻllab-quvvatlaganidan, shuningdek, ajratilgan kreditlar evaziga 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilganidan ham bilish mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda viloyatda 13 ta tijorat banki va ularning 16 ta filiali, 98 ta minibank hamda bank xizmatlari koʻrsatish markazlari, 96 ta barcha turdagi bank xizmatlarini koʻrsatuvchi ofislar faoliyat yuritmoqda. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻproq qoʻshimcha qulaylik yaratish uchun joylarda 10 ta aholi toʻlovlarini qabul qiluvchi maxsus kommunal jamgʻarma kassalari tashkil etilgan. Shuningdek, hududda 4 ta lombard va 2 ta mikromoliyalash tashkiloti mijozlarga ishonchli xizmat koʻrsatmoqda.
' Joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻining 2 trillion 632 milliard soʻmi kichik biznes subyektlariga yoʻnaltirildi, ' deydi Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi Azamat Rajabov. ' Bu mablagʻning 811 milliard 465 million soʻmi sanoatni, 737 milliard 756 million soʻmi qishloq xoʻjaligini, 503 milliard 959 million soʻmi savdo va umumiy ovqatlanishni, 301 milliard 100 million soʻmi qurilishni, 69 milliard 854 million soʻmi maishiy va xizmat koʻrsatishni, 48 milliard 295 million soʻmi transport va aloqa tarmogʻini, 160 milliard 395 million soʻmi boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Dasturlar doirasida jami 43 ming 908 nafar aholi va tadbirkorlik subyektiga 1 trillion 3 milliard soʻmlik kredit mablagʻi ajratildi.
Anjumanda Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.
Matbuot anjumanidan soʻng tadbir ishtirokchilari uchun Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasiga press-tur tashkil etildi. Qatnashchilar u yerda mijozlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari va 'Surxon Sendvich' masʼuliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 30 ming tonna boʻlgan bazalt mineral toshidan issiqlik saqlovchi qoplama ishlab chiqarish loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi.
“ZAKOVAT”DA FAXRIYLAR
Kuni kecha Navoiy viloyati IIB tuzilmalari faxriylari va yosh xodimlari ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. “Keksalar haftaligi” munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda barcha shahar-tumanlardagi soha faxriylari va yosh xodimlaridan iborat jamoalar qatnashdi. Umumiy natijalarga ko‘ra, Navbahor tumani IIB vakillari uchinchi, Konimex tumani IIB vakillari ikkinchi o‘rinni egalladi. Karmana tumani IIB jamoasi esa birinchi o‘ringa munosib deb topildi.
ARIMANI TO‘LAMAYMAN DЕB...
Chortoq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, mayor Eldorbek Ne’matov Zafar Diyor nomli mahallada yashovchi I.M. «Damas» rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotganligini aniqladi. Fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, avtomashinasini vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirgandan bir hafta vaqt o‘tgach, fuqaro avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish va o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘
Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 12,17 soʻmga oshdi va 12 812,30 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 65,33 soʻmga koʻtarilib, 13 532,35 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,65soʻmga pastlab, 128,37 soʻmni tashkil qildi.
Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,76'soʻmga oshdi va'12 817,85'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'24,61'soʻmga tushib,'13'865,07'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,15'soʻmga pastlab,'132,95'soʻmni tashkil qildi.