Kuni kecha Navoiy viloyati IIB tuzilmalari faxriylari va yosh xodimlari ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. “Keksalar haftaligi” munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda barcha shahar-tumanlardagi soha faxriylari va yosh xodimlaridan iborat jamoalar qatnashdi.
Umumiy natijalarga ko‘ra, Navbahor tumani IIB vakillari uchinchi, Konimex tumani IIB vakillari ikkinchi o‘rinni egalladi. Karmana tumani IIB jamoasi esa birinchi o‘ringa munosib deb topildi. Tadbir bahonasida faxriylar o‘zaro diydorlashib, xizmat davridagi qiziqarli voqealarni yodga olishdi. Ular bugungi kunda yosh xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida e'tirof etib, bunday g‘amxo‘rliklarga javoban fidoyilik bilan xizmat qilishlari lozimligini ta'kidlashdi.
Mahliyo XOLOVA,
o‘z muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
Propanning qimmatlashishi cheklanadi. Bu haqda allaqachon Raqobat qoʻmitasi qaror chiqargan
Oʻzbekistonda suyultirilgan gaz narxining keskin oshishiga qarshi choralar koʻrildi. 6-noyabrdan boshlab Raqobat qoʻmitasi propan narxining oshishiga cheklov oʻrnatgani aytilmoqda. Ushbu cheklov Respublika tovar xom-ashyo birjasida yuqori chegara belgilanib joriy qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda 'Spot' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻmitaning 5-noyabrdagi qaroriga binoan, suyultirilgan gaz narxining oshishiga 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etildi. Bu cheklov sotuvchining b
Turkmanistondan 72 ming, Tojikistondan 31 ming, Afgʻonistondan atigi 2 mingdan ziyod fuqarolar nima maqsadda Oʻzbekistonga keldi?
Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolar soni maʼlum boʻldi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 112,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 69,7 ming nafarga yoki 2,6 barobarga oshganini koʻrsatmoqda.Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelg
Qaysi hududda yangi korxonalar koʻproq tashkil etilmoqda? Statistika agentligi barchasini maʼlum qildi (+foto)
Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 64 ming 553 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Bu yangi subyektlar hududlar boʻyicha turlicha taqsimlandi. Eng koʻp yangi korxonalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazilib, ularning umumiy soni 12 ming 920 tani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Xorazm viloyatida ham faoliyati yangi boshlangan korxonalar soni yuqori boʻlib, jami 5 ming 791 ta korxona tashkil etilgan. Samarqand vilo
Hushyorligi natijasida
Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Chorbogʻ” mahallasida faoliyat yuritadigan profilaktika inspektori, leytenant Shohrux Amriddinov hushyorligi natijasida tungi paytdagi xizmati davomida bir jinoyatni “issiq izida” fosh etishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni u shahrimizda davom etayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish “dolzarb” oylik munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir chogʻida oʻziga biriktirilgan mahalla hududida joylashgan eski-tuski sotiladigan bozorcha hududida bir shaxs