Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi
Qayd etilishicha, joriy yilning 25-oktyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi yuklarni vaqtinchalik saqlash omboriga Oʻzbekistondan eksport qilingan 1,3 tonna pomidorda 'jigarrang bujmayish virusi' borligi aniqlangan.
Mazkur virus mavjudligi Yekaterinburgdagi FGBU (Butunrossiya Oʻsimliklarni Himoya qilish Ilmiy-Tadqiqot Instituti) tomonidan oʻtkazilgan laboratoriya tadqiqotlari natijalari bilan tasdiqlangan.
Shu boisdan xavfli virusning Rossiyaga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida zararlangan mahsulotlar eksportchining qarori bilan yoʻq qilingan.
Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum
Poytaxt IIBB Oʻzbekiston – Eron oʻyinidan oldin futbol muxlislarini ogohlantirdi
Oʻyin uchun iticket.uz sayti orqali sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar sotib boʻlingan. Bu mazkur oʻyinga qiziqish juda yuqori ekani va stadionga tashrif buyuruvchilarning koʻp sonli boʻlishini anglatadi.Toshkent shahar IIBBga koʻra, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.'Hurmatli fuqarolar! Sizlardan futbol maydoniga oʻyin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishingizni, shaxsiy tra
Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili
Ikki hududda “valyutchik”lar qo‘lga tushdi
Xorazm va Samarqand viloyatlarida xorijiy valyutalarni noqonuniy ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Departamentning Payariq va Qo'shrabot tumani bo'limi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Q.ga 4 000 AQSH dollarini 50,9 million so'mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan u