22 ta yogʻ-moy ishlab chiqaruvchi korxonaning faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi
Ushbu nazorat tadbirlari 'Oʻzyogʻmoysanoat' uyushmasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Shuningdek, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida 'Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasi' va joylarda 'Hududiy ishchi guruhlari' tashkil etilib, vazifalari belgilab berilgan.
'Oʻzagroinspeksiya' Axborot xizmati xabariga koʻra, 2024-yilning yanvar ' sentyabr oylarida jami 39 ta yogʻ-moy korxonalarida belgilangan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Yakunda 17 ta paxta texnik chigitini qayta ishlaydigan yogʻ-moy korxonalari qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritayotganligi, 22 ta korxona faoliyati esa belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi. Aniqlangan kamchilik va qonunbuzilishlar yuzasidan korxonalarga nisbatan jami 67 ta (26 ta yozma koʻrsatma, 40 ta ogohlantirish, 1 ta maʼmuriy bayonnoma) taʼsir choralari qoʻllanildi.
Talablarga muvofiq yoki muvofiq boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar haqidagi maʼlumotlar Respublika tovar xom-ashyo birjasiga taqdim etildi.
Bugungi kunda, respublika boʻyicha jami 164 ta (shundan, 79 tasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi korxonalar) muvofiq deb topilgan yogʻ-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvati 16 ming 682 tonna/sutkani tashkil qiladi.
'Oʻzagroinspeksiya' mutaxassislari tomonidan Paxta texnik chigitini toʻliq texnologik siklda qayta ishlab, olingan tayyor mahsulotlar uchun tegishli gigiyenik xulosaga ega boʻlgan va muvofiqlik taʼminlangan yogʻ-moy korxonalarida, ilgari oʻtkazilgan oʻrganishdan keyingi faoliyat davri boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va qoidalarga javob berishi yuzasidan xatlov oʻtkazilmoqda va har bir belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan yogʻ-moy korxonalari boʻyicha maʼlumotnoma-pasport qilib borilmoqda.
Birvarakayiga dollar, yevro va rubl kursi koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,07'soʻmga oshdi va'12 809,05'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'12,21'soʻmga oshib,'13'765,89'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,29'soʻmga koʻtarilib,'130,56'soʻmni tashkil qildi.
Mamlakatimiz GES qurilishida ilk bor zichlangan beton mahsulotidan foydalanilmoqda
Ta'kidlash joizki, mazkur istiqbolli loyihada O'zbekistonda ilk bor jahon standartlari asosida to'g'on va GES binosi yaxlit inshoot sifatida qurilib, 4 ta har biri 22,5 MVt quvvatga ega zamonaviy, yuqori samarador gidroagregatlar o'rnatiladi hamda avtomatik boshqaruv tizimi joriy qilinadi.E'tiborli jihati, qurilish ishlari doirasida respublikamiz va Markaziy Osiyoda ilk bor yangi zamonaviy texnologiyalar asosida birinchi marta to'g'on konstruksiyasi bosib zichlangan (ukatanniy) betonli tipda qur
TARADDUD
Ayni kunlarda respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatida bo‘lib, joriy yilning 27-oktabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi uchun o‘tkaziladigan saylovlar, shuningdek, turarjoylar va ijtimoiy-iqtisodiy soha ob'ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishyapti. Chunonchi, ishchi guruh tarkibida bo‘lgan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov say
Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 12,17 soʻmga oshdi va 12 812,30 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 65,33 soʻmga koʻtarilib, 13 532,35 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,65soʻmga pastlab, 128,37 soʻmni tashkil qildi.