calendar 09 Oct 12:36
eye 31
comments 0
comments Manba: postda.uz

TARADDUD

image

Ayni kunlarda respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatida bo‘lib, joriy yilning 

27-oktabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi uchun o‘tkaziladigan saylovlar, shuningdek, turarjoylar va ijtimoiy-iqtisodiy soha ob'ekt­larining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishyapti. Chunonchi, ishchi guruh tarkibida bo‘lgan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov saylov komissiyalari va uchastkalarida siyosiy tadbirni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganmoqda. 

Bunda asosiy e'tibor saylov arafasida hamda ovoz beriladigan kuni jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, mavjud 553 ta saylov uchastkasiga kuzatuv qurilmalarining o‘rnatilishi, aholini qiynayotgan muammolarni hal qilishga qaratilayotir. Ayni maqsadda viloyat ichki ishlar boshqarmasida hokimlik, sektorlar rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullari va profilaktika inspektorlari ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi.

Yig‘ilishda saylovga tayyorgarlik ko‘rish, xavfsizlik va jamoat tartibini ta'minlash shtabi hamda joylarda tuzilgan ishchi guruhlar a'zolari va profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, aholi turar joylari va ijtimoiy soha ob'ektlarini kuz-qishga tayyorlash, yonilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini tashkil etish, energiya manbalari zaxiralarini yaratish, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir va issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024–2025-yillar kuz-qish davriga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish hududiy shtablari, ta'lim, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda qozonxonalarda bo‘lib, qishga tayyorgarlik ishlari sifatini tekshirmoqda. O‘z navbatida, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinayotir.

Alijon ABDUSATTOROV, 

o‘z muxbirimiz.

Jizzax viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 551 mingdan oshdi (+infografika)

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024-yil 1-oktyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 551 ming 154 nafarga yetgan.Taʼkidlash joizki, ushbu raqamlar 2024-yilning dastlabki 9 oyida 65 ming 370 taga koʻpaygan.Yuridik shaxslar faoliyat turlari boʻyicha savdo eng yuqori koʻrsatgichga ega boʻlib, yuridik shaxslarning soni ushbu sektorda 144,1 mingtani tash

09 Oct 12:40
 
45
0
xs.uz

Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila

Oʻshanda suronli 1941-yilning kuzi edi. 10 yoshli Janna opasi Taisiya bilan yuzlab bolalar qatori qirgʻinbarot urush borayotgan Ukrainaning Izyum shahridan front ortiga, quyoshli Oʻzbekistonga joʻnatildi. Polyak millatiga mansub bu opa-singilni taqdir taqozosi bilan bir-biridan bexabar holda Buxorodagi ikki oila farzand qilib oldi.Janna oʻsha ogʻir kunlarni keyinchalik shunday eslagan edi: 'Poyezd uzoq yoʻl yurdi. Vagon tirqishidan samolyotlarning parvozi va dahshatli tovushi yuraklarga v

29 Oct 20:49
 
25
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,72'soʻmga tushdi va'12 808,39'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,25'soʻmga oshib,'13'862,52'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,23'soʻmga pastlab,'132,63'soʻmni tashkil qildi.

10 Oct 09:20
 
37
0
postda.uz

USTOZLAR TA'LIMINI OLIB

U ustozi katta serjant Ilvira Borisovadan sohaning o‘ziga ma’lum bo‘lmagan qirralarini o‘rgandi. Tirishqoqligi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, bekamu ko‘st bajarishi, me’yoriy hujjatlar va yangiliklarni puxta o‘zlashtirishi tufayli hamkasblari e’tiboriga tushdi. Hozirda Qarshi shahar IIOFMB EKB katta eksperti lavozimida xizmat qilayotgan mayor Bahodir Jo‘rayev bilan turmush qurgach, faoliyatini Qashqadaryo viloyati IIB Axborot markazida katta inspektor sifatida davom et