Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi. 1-oktyabrdan Oʻzbekiston qonunchiligida yana nimalar oʻzgaradi?
Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi
Byudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, 'Muruvvat' internat uylari, Bolalar uylari va 'Mehribonlik' uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlaydigan pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori, tibbiyot va pedagog xodimlardan tashqari, 10 foizga oshiriladi.
Eng kam ish haqi miqdori ' oyiga 1 155 000 soʻm, BHM ' 375 000 soʻm etib belgilanmoqda
Modulli mehmonxonalarga subsidiyalar
2026-yil 31-dekabrga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan bir martalik subsidiya ajratiladi.
Subsidiyalar 2024-yil oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikatiga ega yangi tashkil etilgan modulli mehmonxonaga beriladi. Toʻlovlarni olish uchun mehmonxonada kamida 10 ta modul boʻlishi kerak.
Turoperatorlar va mehmonxonalarga QQSning bir qismi qaytariladi
Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga har oyning 25-sanasiga qadar toʻlangan QQSning 20 foizi qaytariladi.
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida toʻlanadigan quyidagi soliq turlari boʻyicha belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini soddalashtirilgan va kengaytirilgan baholash tartibi joriy etilmoqda.
Soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin quyidagi tartibga solish vositalari baholanadi va baholash natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki xulosasi olinadi:
Kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:
Ovchilik guvohnomasini olish uchun yangi qoidalar
Zargarlik sohasiga imtiyozlar
2027-yil 1-oktyabrgacha:
Zargarlik sohasi ustidan nazorat kuchaytiriladi
Davlat probir nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalariga quyidagilarga ruxsat beriladi:
Nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaxshilanadi
Rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan obyektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sharoit yaratish boʻyicha talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizaga yuboriladi.
Shahar yoʻlovchi transporti xizmatlari I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga va ularning bir nafar kuzatuvchisiga bepul taqdim etiladi.
Ixtisoslashtirilgan (ruhiy, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalar (TIEK) tomonidan nogironlikni belgilash bekor qilinadi. Bu funksiya tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlariga oʻtkaziladi.
Davlat xaridlari jarayoni takomillashtiriladi
Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar ular tuzilishidan oldin kamida bir ish kuni, shuningdek, tender savdolari natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali kamida ikki ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga bozorda muqobillari boʻlmagan va texnik jihatdan murakkab tovarlarni yetkazib beruvchilar monopoliyaga qarshi kurashish organining xulosasi asosida kiritiladi.
Davlat xaridlari elektron tizimiga ushbu tizimdan roʻyxatdan oʻtgan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini ular tomonidan ishlab chiqariladigan (yetkazib beriladigan) tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) mos keladigan davlat buyurtmasining tizimga joylashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish funksiyasi kiritiladi.
Uy parrandasi goʻshtini olib kirishga imtiyozlar bekor qilinadi
Yangi soʻyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlari (butun goʻsht, qanot, bel, boʻyin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) Oʻzbekiston hududiga olib kirishda bojxona boji boʻyicha imtiyoz berilgan edi.
Oʻquv markazlari reytingi tuziladi
Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzishni boshlaydi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
Ayollar va bolalar uchun birlamchi koʻmak xonalari ishga tushiriladi
Barcha hududlarda shoshilinch qabul boʻlimida tunu-kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalari tashkil etiladi.
Alkogol mahsulotlari ustidan yangi nazorat choralari oʻrnatiladi
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻshimcha litsenziya talablari joriy etiladi.
Yashirin ishlab chiqarish, aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi.
Qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Qurilishi tugallangan obyektlar elektron platforma orqali qabul qilinadi
Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, 'Shaffof qurilish' milliy axborot tizimining 'Qurilishda davlat nazorati' elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Sport tovarlarini bojlardan ozod etish muddati yakunlanadi
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport ashyolari 2024-yil 1-oktyabrga qadar bojxona bojidan ozod etilgan edi.
Ayollar muammolarini oʻrganish uchun yangi modul
'Xotin-qizlar.uz' platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish moduli ishga tushiriladi.
'Mahalla yettiligi' fuqarolarning muammolarini hal qiladi
Fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish bilan 'Mahalla yettiligi' vakillari yagona soʻrovnoma asosida shugʻullanadi. U 'Raqamli mahalla' platformasida joylashtiriladi. 'Mahalla yettiligi' foydalanayotgan mavjud elektron platformalar 'Raqamli mahalla' platformasi bilan integratsiya qilinadi.
Xavfli yuklar ustidan nazorat sohasi raqamlashtiriladi
Tranzit qilinayotgan xavfli yuklar onlayn (GPS) kuzatib boriladi.
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar ragʻbatlantiriladi
Jismoniy shaxslar tomonidan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qaʼridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, ularni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Vazirlikning rasmiy veb-saytida 'Kon-geologiya xizmatlari' moduli joriy etiladi va unda togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning reytingi yuritiladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha choralar belgilanmoqda
Texnik jihatdan talablarga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun ' yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanadi.
Sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi natijasida sifatsiz mahsulotlar qilinganligi holatlari aniqlanganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini toʻxtatib turiladi.
Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi. Bu haqda'Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 8-oktyabr kuni soat 09:48 da yuz bergan. FVBga Guliston mahallasi hududidan oqib o'tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning VAZ-2106 avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va'asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan. Avto
Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi
Qayd etilishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun [OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.] bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan.Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumlada
Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti saylovida gʻalaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi:Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan PrezidentiDonald Jon TrampJanobi OliylarigaMuhtaram Tramp Janobi Oliylari!Sizni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, oʻzimning qizgʻin tabriklarimni va eng ezgu til