calendar 29 Oct 20:49
eye 24
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi

image
Qayd etilishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun [OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.] bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan.

Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona roʻyxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:48
 
26
0
xs.uz

Samarqanddagi savdo doʻkonlaridan birida yongʻin chiqdi

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida katta yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, yongʻin bugun, 29-oktyabr kuni Samarqand tumani Xoʻja Ahror Valiy mahallasining Gʻalaba koʻchasida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida sodir boʻlgan.Hodisa haqida soat 09:04 da viloyat FVBga xabar berilgan. Shunga koʻra, 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea joyiga soat

29 Oct 20:49
 
25
0
xs.uz

Endi ayrim fuqarolar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin boʻladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod etishga taalluqli oʻzgartirishlar kirit

09 Oct 12:39
 
31
0
xs.uz

Prezident yangi qaror imzoladi

'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻni

01 Nov 21:29
 
20
0
xs.uz

Prezident “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati jamoasiga tabrik yoʻlladi

Qadrli do'stlar!Avvalo, siz, azizlarni ' Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ko'pmillatli ahil jamoasini O'zbekiston sanoatining faxri bo'lgan ushbu yirik ishlab chiqarish majmuasi tashkil etilganining 75 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.O'zining shonli an'analari bilan dunyo miqyosida shuhrat qozongan bu ko'p tarmoqli kombinat sizlar kabi yuksak malakali konchi'va mutaxassislar, ishchi va xizmatchilarning fidokorona mehnati bilan respublikamizning iqtisodiy qudrati va xalqim