Sharof Rashidov tumani IIB 2-sonli IIB HPG profilaktika inspektori, mayor Vali Azizov 14 yillik xizmat tajribasiga ega. Bu yillarda u ko‘plab xodimlarga murabbiylik qildi. Ayni vaqtda «Jizzaxlik» mahallasining profilaktika inspektori, leytenant Doston Eshqulovga ham kasb sir-asrorlarini o‘rgatyapti.
Doston yaxshi eslaydi, mayorning ilk sabog‘i xizmatda hamisha xushmuomala bo‘lish kerakligi to‘g‘risida bo‘lgan. Shu bilan birga, suhbatdosh psixologiyasiga mos yondashish, xizmatga oid ma'lumotlarni sir tutish, ariza va murojaatlar bilan ishlashga doir tavsiyalarini bildirgan.
Tabiiyki, mayor Vali Azizovning o‘zi ham bir kunda murabbiy darajasiga yetmagan. Chunonchi, 2010 yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlab, Mirzacho‘l tumani IIB huzuridagi qo‘riqlash xizmati tarkibida sohadagi faoliyatini boshladi. Oradan 4 yil o‘tgach, Forish tumanining 93,5 ming gektar maydonni egallagan «Qizilqum» mahallasi profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan lavhamiz qahramoni o‘shandan buyon huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida.
Ta'kidlash joiz, u aynan «Qizilqum»da jinoyatchilikni jilovlashning hadisini oldi. Binobarin, cho‘lda yo‘l topish, bir-biridan olisda joylashgan aholi manzillarida jamoat xavfsizligini ta'minlash, tirikchiligining asosi chorvachilik bo‘lgan aholini qonunbuzarlardan himoyalash sirlarini o‘zlashtirdi. Jumladan, bir safar 148 bosh mayda shoxli molning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq jinoyatni fosh qilsa, boshqa safar 3 ta o‘g‘irlik qo‘y ortilgan «Lacetti»ni xizmat avtomashinasida quvib, to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi.
Ayni vaqtda mayor Vali Azizov Sharof Rashidov tumanining 6 ming 341 kishi istiqomat qiladigan «Sovungarlik» mahallasida osoyishtalikka mas'ul. Bu jarayonda asosiy e'tibori ichki ishlar organlari hisobida turadigan 14 nafar, ma'muriy nazorat ostidagi 1 nafar, muqaddam sudlangan 19 nafar, jazoni ochiqda o‘tayotgan 11 nafar, ichkilikka ruju qo‘ygan 4 nafar shaxs hamda 3 ta nizoli oilaning a'zolariga qaratilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida u 20 kishini ishga joylashtirdi. Shu kabi profilaktik tadbirlar mahallaning «yashil» maqomini mahkam tutishiga omil bo‘layotir.
Alijon ABDUSATTOROV,
o‘z muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
Qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yoʻlovchiga koʻpaygan. Shu tariqa, oʻsish surati 101,8 foizni tashkil qildi.Qayd etish joizki, temiryoʻl transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni soʻnggi 4-yilda muntazam oshib borganligini koʻrish mumkin.Jumladan, 2020-yilda 6 million 155,3 ming, 2021-yilda 7 million 949,4 ming, 2022-yilda 9 million, 2023-yilda 9 million 626,5 ming nafar yoʻlovchi manziliga yetib olish maqsadida temir y
Dollar kursi yana osha boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,13 soʻmga'oshib,'12 897,20 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'48,68 soʻmga'koʻtarilib,'13 449,20 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,81 soʻmga'tushdi va'144,65 soʻmni'tashkil qildi.
Toshkentda biznes-forum boshlandi
Biznes-forum doirasida O'zbekiston va Polshaning investitsiyaviy salohiyati, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
“Gohi shodlik, gohi gʻam”: Xorijiy valyutalar yoppasiga pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 24-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,87 soʻmga pasayib, 12 979,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,78 soʻmga tushib, 13 513,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,64 soʻmga pasaydi va 131,22 soʻmni tashkil qildi.Qayd etish kerakki, soʻnggi uch kunda barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbati ortib borayotgan edi.