calendar 09 Oct 12:36
eye 37
comments 0
comments Manba: postda.uz

SAYYОHLARGA TAKLIFIMIZ KO‘P

image

Surxon vohasida turizmni rivojlantirish, turizm namoyishi ob'ektlariga xorijlik sayyohlarni jalb etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Binobarin, vohada turizm salohiyati, qolaversa, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha kuch-vositalar yetarli.

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi viloyat hududidagi sayyohlik namoyishi ob'ektlari, mehmonxonalar, chorrahalar, aeroport va vokzallardagi kuzatuv kameralari bilan integratsiya qilingan. Bu orqali turistlarning viloyat hududiga kirib kelishidan tortib qaysi mehmonxonaga joylashib, «E-mehmon» bazasidan ro‘yxatdan o‘tishi, sayyohlik ob'ektlariga xavfsiz borishi va qaytib chiqib ketishi nazorat qilib boriladi.

Sutkalik navbatchilik asosida xizmat olib borish davomida viloyatimizga tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinib, tegishli yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 8 oyida tashrif ob'ektlarida xizmat olib borayotgan xodimlarimizga 

3806 nafar xorijlik va mahalliy turistlar turli masalalarda yordam so‘rab murojaat qilgan. Ularning barchasiga zaruriy yordamlar ko‘rsatilgan. 

Boshqarmamiz xodimlari sayyohlar xavfsizligini ta'minlash bilan birga, viloyatda turizmni rivojlantirish, hududga sayyohlar oqimini ko‘paytirishga ham yaqindan ko‘maklashishmoqda. Shu maqsadda yaqinda hamkasblarimiz Xorazm, Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlariga xizmat safarlarini uyushtirib, sayyohlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borishdi. Jumladan, mazkur viloyatlardagi turizm namoyishi ob'ektlarida Fransiya, Xitoy, Turkiya, Avstraliya, Braziliya, Latviya kabi bir qancha davlatlardan kelgan mingga yaqin xorijliklar bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ularning aksariyati Surxondaryoning turizm salohiyati haqida yetarli ma'lumotga ega emasliklarini bildirishdi. Shu bois viloyatning milliy an'analari, turizm 

ob'ektlari va tarixiy qadamjolari haqida tayyorlangan videorolik namoyish qilinib, tashrif davomida ularning xavfsizligi ta'minlanishi, lozim bo‘lganda, kerakli yordamlar ko‘rsatilishi haqida batafsil ma'lumot berildi. Xavfsiz turizmni ta'minlash xizmati saytlari, turizm ob'ektlari yo‘nalish xaritasi aks ettirilgan bukletlar tarqatildi.

Akbar MAVLONOV, 

kapitan. 

Surxondaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
35
0
postda.uz

ARIMANI TO‘LAMAYMAN DЕB...

Chortoq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, mayor Eldorbek Ne’matov Zafar Diyor nomli mahallada yashovchi I.M. «Damas» rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz bosh­qarib kelayotganligini aniqladi. Fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, avtomashinasini vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirgandan bir hafta vaqt o‘tgach, fuqaro avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish va o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘

01 Nov 21:30
 
19
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi tushdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,63 soʻmga tushdi va 12 774,34 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 17,88 soʻmga oshib, 13 830,78 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,72 soʻmga koʻtarilib, 132,17 soʻmni tashkil qildi.

11 Nov 03:18
 
9
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,14'soʻmga tushdi va'12 774,98'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'21,60'soʻmga pastlab,'13'914,51'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,11'soʻmga oshib,'130,14'soʻmni tashkil qildi.

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritildi

Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi, 94 mingta doimiy ish oʻrni yaratildi. Bu haqda bugun, 23-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Ishlab chiqarish 2 karra oʻsdi, yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan oshgan