calendar 19 Aug 07:04
eye 37
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ravshan Ermatov ogʻir judolikka uchradi

image
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda UFA rasmiy kanali maʼlum qildi.

Qayd etish kerakki, Sayfiddin Ermatov koʻp yillar davomida yosh sportchilarni tayyorlagan, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Sayfiddin Gaziyevich Ermatov 1953-yil 22-fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatida 'Paxtakor', 'Spartak' va 'Avtomobilchi' jamoalarida toʻp surgan.

Shundan soʻng Sayfiddin Gaziyevich 'Paxtakor' bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va xalq orasida 'Chigʻatoy' nomi bilan mashhur boʻlgan futbol boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futboldan saboq bergan. Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida samarali mehnat qilgan.

Sayfiddin Ermatov faoliyati davomida koʻplab isteʼdodli yosh hakamlarni tarbiyalashda katta hissa qoʻshgan. Shogirdlari orasida FIFA referisi, futbol mundiallarini boshqarish boʻyicha jahonning mutlaq rekordchisi Ravshan Ermatov, shuningdek, Abduhamidullo Rasulov kabi taniqli hakamlarni uchratish mumkin.

Shuningdek, tarkibida Server Jeparov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Yaroslav Krushelniskiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

'Xalq soʻzi' Ravshan Ermatovga hamdardlik bildiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
63
0
qalampir.uz

Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 31 yoshli G‘iyosovga meksikalik 30 yoshli Migel Parra raqiblik qiladi. Jang “Riyadh Season” tomonidan Amerikaning Santa-Monika shahrida tashkil etiladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqib

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parij-2024: Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z yurishini boshlaydi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston-Ispaniya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Jamoalar “C” guruhida keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan 3 ochko uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosd

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd