calendar 19 Aug 07:04
eye 39
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mbappe “Real” uchun gol urgan oʻyinda UYEFA Superkubogiga ega chiqdi

image
'Real Madrid' soʻnggi anʼanaviy UYEFA Superkubogida Italiyaning 'Atalanta' klubi ustidan ishonchli gʻalaba qozondi.

Birinchi boʻlimda zerikarli oʻyin boʻlgan boʻlsa-da, ikkinchi boʻlim 'Real'ning ustunligida davom etdi. 59-daqiqada ajoyib 'solo' yurishidan soʻng Vinisius Juniorning uzatmasini Valverde golga aylantirdi. 68-daqiqada esa 'qaymoqranglilar' safida debyutini oʻtkazgan Kilian Mbappe dastlabki golini urdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishgʻol etilmadi va 'Real' UYEFA Superkubogi sohibiga aylandi.

UYEFA Superkubogi

14-avgust, chorshanba

'Real' Ispaniya ' 'Atalanta' Italiya 2:0

Gollar: 1:0 ' 59 Valverde, 2:0 ' 68 Mbappe.

'Real Madrid': Kurtua, Mendi, Ryudiger, Militao, Karvaxal (Vaskes, 88), Bellingem (Sebalyos, 88), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior (Arda, 88), Mbappe (Braim Dias, 83), Rodrigo (Modrich, 76).

'Atalanta': Musso, Kolashinas (Bakker, 71), Xin, Jimshiti, Pashalich, Rujeri, Zappakosta (Godfri, 63), Ederson, de Ron, de Ketelare (Retegi, 63), Lukman.

Ogohlantirishlar: Ederson (9), Bellingem (35), Vinisius Junior (42), Jimshiti (64).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 31 yoshli G‘iyosovga meksikalik 30 yoshli Migel Parra raqiblik qiladi. Jang “Riyadh Season” tomonidan Amerikaning Santa-Monika shahrida tashkil etiladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqib

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  “Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi.

29 Jul 14:40
 
85
0
xs.uz

Dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etdi

Fransiya poytaxtida davom etayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda. Bugungi dzyudo bahslarining ayollar oʻrtasidagi -57 kggacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida dastlabki bosqich bahslari boʻlib oʻtmoqda.Unda ishtirok etayotgan dzyudochi Shukurjon Aminova Olimpiada sovrinlari uchun dastlabki qadamini tashladi. Kot dʼIvuar vakili Dabonnega qarshi uchrashuvda oʻzbekiston sportchisi gʻalaba qozondi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.22 yoshli

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi