calendar 19 Aug 07:03
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga oshirmoqchi

image
Uchrashuvda Afg'oniston tomonidan bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abdul Gʻani Barodar, bosh vazirning ma'muriy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abdul Salom Xanafiy, siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiy ishtirok etdi.''

O'zbekiston birinchilardan bo'lib Afg'onistonning muvaqqat hukumati bilan konstruktiv va o'zaro maqbul muloqotni yo'lga qo'ygan.

Uchrashuvlarda shu tamoyillar asosida Afg'oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda o'zlashtirish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, transport-logistika, qishloq va suv xo'jaligi, ta'lim, hududlararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashilgan.

O'zaro savdo aylanmasini 2024 yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo'yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlangan.

Bunda ikki tomonlama investisiyalarni himoya qilish va imtiyozli savdo to'g'risidagi bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta turtki ekani aytilgan. O'zaro manfaatli muloqotni muntazam davom ettirish, ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishning boshqa masalalari ham ko'rib chiqilib, uchrashuv so'nggida qator hujjatlar imzolangan. Biroq qanday hujjatlar ekaniga aniqlik kiritilmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
41
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.

26 Jul 10:20
 
42
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

“Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston”

Oʻzbekistonning bugungi yangi qiyofasi, mamlakatimizning jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va mavqeyi, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, dolzarb masalalar boʻyicha ilgari surayotgan koʻplab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar, aniq fikr-mulohazalar asosida teran yoritib berilgan.Muallifning koʻp yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli boʻlgan kitob qu

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlariga oid muhim Qonun qabul qilindi

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi normalar mavjud boʻladi.Shuningdek, tadbirkorlik