calendar 14 Aug 06:38
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

Paralimpiya delegatsiyasini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi – Fotorepotaj

image
Joriy yilning 28 avgustidan 8 sentyabriga' qadar Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi. Bu galgi o'yinlarga 65 nafar o'zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan (para yengil atletika, para taekvondo, para o'q otish, para suzish, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para dzyudo, para pauerlifting va para velosport) jami 113 ta lisenziya qo'lga kiritdi. Bu O'zbekiston Paralimpiyasi tarixida rekord ko'rsatgich hisoblanadi. Taqqoslash uchun paralimpiyachilarimiz 2016 yil Rio de Janeyro shahrida bo'lib o'tgan o'yinlarga 32 ta, Tokio da bo'lgan o'yinlarga 70 ta lisenziya qo'lga kiritgan edi.



E'tiborlisi, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan 65 nafar para atletning 29 nafari, ya'ni 45 foizi ayol sportchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, para o'q otish bo'yicha ilk bor o'zbekistonlik ayol sportchi ' Shaxnoza Mamajonova Paralimpiya o'yinlari lisenziyasini qo'lga kiritdi. Bu esa yurtimizda Paralimpiya harakatida ham gender tengligi ta'minlanib borayotganidan dalolatdir.



Fransiya poytaxtidagi o'yinlarda O'zbekiston delegatsiyasi para velosport turidan debyut qiladi. Ikki nafar para velosportchimiz XVII yozgi' Paralimpiya o'yinlarida' velopoyganing 8 ta'' yo'nalishda g'oliblik' uchun bahs olib boradi.

Shuningdek, para kanoe, para taekvondo, para pauerlifting va para yengil atletika sport turlarida rekord darajada lisenziyalar qo'lga kiritildi.



Para yengil atletika bo'yicha terma jamoamiz a'zosi Shaxina Yigitaliyeva O'zbekiston tarixida Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008 yil 19 oktyabrda tug'ilgan. Delegatsiya vakillarining ko'pchiligi ayni dam o'quv yig'in mashg'ulotlarining yakuniy bosqichini o'tkazishmoqda. Parij paralimpiya o'yinlarining rasmiy ochilish marosimi 28 avgust sanasiga belgilangan.





































Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 18:14
 
70
0
xs.uz

“EA Sports FC 25” muqovasidan qaysi futbolchi joy olishi maʼlum boʻldi. U Messi ham, Ronaldu ham, Mbappe ham emas (Video)

Shu tariqa 'Qirollik klubi' yulduzi 'EA Sports' tarixidagi global muqova yuzidan joy olayotgan eng yosh futbolchiga aylanmoqda. Ayni paytda u 21 yoshda. Muqovada Bellingem oʻtgan aprel oyida 'Barselona'ga qarshi oʻyinda urgan golini nishonlayotgani tasvirlangan.Bellingem, shuningdek, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Janluiji Buffon, va Aytana Bonmati kabi mashhur oʻyinchilar bilan birga oʻyinning 'Ultimate Edition' muqovasida ham boʻladi. Jud oʻzining hayajonini bildirib, ushbu oʻyinni oʻyna

24 Aug 17:27
 
20
0
xs.uz

Taekvondochi Nikita Rafalovich sportchi sifatidagi faoliyatini yakunladi

Taekvondo boʻyicha 3 karra Olimpiada ishtirokchisi Nikita Rafalovich sportchi sifatidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning oʻzi Instagramda maʼlumot berdi.Maʼlum boʻlishicha, endi Rafalovich murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi. 'Murabbiylikka oʻtish jarayonida sportchi sifatida faoliyatimni yakunladim. Bu yerda mening yutuqlarimni koʻrishingiz mumkin', degan u oʻz postida.Maʼlumot uchun, Nikita Rafalovich 1993-yilning 10-oktyabrida Toshkent shahrida tugʻilgan.2018-yilgi Osiy

14 Aug 06:38
 
42
0
xs.uz

Endi navbat paralimpiadachilarga: 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziya boʻyicha “Parij-2024”da kurash olib boradi

Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida mamlakatimiz sport delegatsiyasini 'Parij-2024' XVII yozgi Paralimpiada oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Bosh Vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi.Qayd etish kerakki, bu galgi Paralimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik sikli avvalgilariga qaraganda ancha farqli boʻlgan va Oʻzbekiston delegatsiyasidan katta natijalar kutilmoqda.Rasmiy kuzatish marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov soʻzga

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya