calendar 14 Aug 06:37
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

Uygʻonayotgan arslon

image
Ey ulugʻ Turon, arslonlar oʻlkasi!

Senga ne boʻldi? Ey, Chingizlarning,

Temurlarning, Oʻgʻuzlarning,

Otillalarning shonli beshiklari!

Qani u chiqdigʻing yuksak oʻrinlar?..

Abdurauf FITRAT

'

Amerikalik siyosatchilardan biri Markaziy Osiyo mintaqasining ayni davrdagi hayoti va taqdiri haqida 'html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endular bugun postsovet yoki postkommunistik mamlakatlar emas' degan fikrni bildirgan edi.

Ilmiy tadqiqot doiralari orasida qotib qolgan (stereotip) tushunchalarning eskirganiga ishora qiluvchi ushbu qarashni ilgʻab olish uchun bugun maxsus ilmlar egasi boʻlish shart emas. Deylik, bundan oʻn-oʻn besh yil ilgari siyosiy tabiati milliy ayirmachilik, oʻzaro adovat va pinhona dushmanlikka moyil boʻlgan Markaziy Osiyo jamiyatlari ' ming yillik qoʻshnilar oʻrtasidagi munosabatlar bugunga kelib, hayron qolarli darajada oʻzgarib ketdi. Kechagina bir-biridan ustunligi, 'qadimiy'ligi va aynan shu sabablarga koʻra, mintaqaning tarixiy-madaniy merosiga koʻproq daxldor ekanini zoʻr berib isbotlashga urinayotgan, baʼzi oʻrinlarda bir-birini keskin haqorat qilishgacha borayotgan odamlar aynan bugun favqulodda 'yakdil qoʻshnilar'ga aylanib qolishdi.

Bu hodisani ifoda etuvchi, aniq dalil sifatida baholovchi voqea-hodisalarni kun-kunhtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endora koʻrib, eshitib turibmiz. Holbuki, hozirgina aytganimizdek, yon qoʻshnilarning bir-birlariga nisbatan olib borgan yopiq va noxolis siyosati mintaqaning umumiy tarixi, madaniy merosini 'nafrat tili'ga aylantirib qoʻygandi. Tarix va bobolardan qolgan umummeros hukmron siyosatlar tomonidan mafkuralashtirilishi, toʻqib-bichilishi oqibatida Yevroosiyo markazi ' bir zamonlar ulkan imperiyalarga asos solgan, shavkati olamni tutgan zaminda, taassufki, mustaqillikka erishgan va ayni paytda bir-biriga ters burilgan besh davlatni paydo qildi. Va ayni paytda bu holat atrofdagi anʼanaviy aktorlar uchun mintaqani geosiyosiy obyekt darajasida ushlab turish imkonini berdi.

Men ayni damda mintaqaning geosiyosiy manzarasi, bugungi kundagi mavqei borasida batafsil toʻxtalmoqchi emasman. Hozir ayni jarayonlarga bevosita taʼsir etish quvvatiga ega boʻlgan, siyosatchilar tili bilan aytganda, haqli maʼnoda mintaqaning geosiyosiy aktoriga aylanib borayotgan Yangi Oʻzbekistonimizning dadil qadamlari, kundan-kun oshib, yuksalayotgan xalqaro imiji borasidagi muxtasar fikrlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.

Ochigʻi, meni bugun aytmasa boʻlmaydigan, yuragimni toʻlqinlantirib yuborgan quvonchli voqealar yozishga undadi, qoʻlimga qalam olishga majbur etdi desam, toʻgʻri gapni aytgan boʻlaman.

I

Oʻtayotgan avgust oyi hammamiz uchun xayrli, quvonchli xabarlar va tafsilotlar bilan boshlandi. Va aytish mumkinki, men nazarga olmoqchi boʻlgan ikki muhim voqea ham Yangi Oʻzbekistonimizning dunyo siyosati, madaniyati va zamonaviy tarixidagi yuksalib borayotgan oʻrni bilan bogʻliq. Bu faktorlar kechagina Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻistonga amalga oshirgan davlat tashrifi va Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi ishtiroki hamda sportchilarimizning Parij olimpiadasidagi tarixiy gʻalabasi sabab qalbimni joʻshtirayotgan fikrlar bilan bogʻliq qaynoq oʻylardir.

Toʻgʻri, baʼzilar 'Xoʻsh, Prezident bunday formatdagi uchrashuvlarda koʻp bor ishtirok etgan, sportchilarimiz ham boshqa gʻolib davlatlar atletlari qatori zafar quchishdi-da, shunga shuncha hayajonmi?' deya pisanda qilishi mumkin.

Ammo bunday kimsalarga mening ham savolim bor: xoʻsh, mustaqil boʻlganiga oʻttiz uch yil boʻlayotgan Oʻzbekishtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endton bilan jahon davlatlari qachon bu darajada jiddiy hisoblashgan, boshidan ogʻir sitamlarni oʻtkazgan bu mamlakat va xalq qachon xalqaro siyosatning mustaqil subyekti sifatida eʼtirof etilgan? Qachon ikki yuzdan ortiq davlatlar sportchilari ishtirok etgan xalqaro bellashuvda yurtimiz vakillari oʻn uchinchi oʻrinda qayd etilgan, qachon Oʻzbekiston madhiyasi bunday nufuzli musobaqalarda ustma-ust sakkiz bor yangragan, bayrogʻimiz oʻn uch bor gʻoliblar shohsupasi uzra yuksalgan va biz yana qay mahal 'oʻzbek sportchilari dunyoda tengsiz' degan eʼtiroflarni eshitganmiz?!

Albatta, bugun xalqimiz hayotidagi muhim hodisa sifatida baholanayotgan ushbu ikki omil Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning deyarli sakkiz yildan buyon olib borayotgan mashaqqatli mehnatlarining munosib mevasi desam, meni hech kim inkor qilolmaydi.

Avvalo, Qozogʻistondagi uchrashuvlar haqida muxtasar toʻxtalmoqchiman. Zotan, ayni tashrif tafsilotlari Millatimiz Liderining bundan yetti-sakkiz yil ilgari mintaqa boʻyicha boshlagan hayotbaxsh siyosatining samaralarini aniq koʻrsatgandek boʻldi.

Hammamiz yaxshi bilamiz, 7 ' 9-avgust kunlari davlatimiz rahbari davlat tashrifi bilan Qozogʻistonda boʻldi. Tashrif avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev raisligida Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Kezi kelganda shuni alohida aytish kerakki, ikki qoʻshni davlat rahbarlari oʻrtasidagi bu darajadagi uchrashuv tariximizda ilk bor oʻtkazildi. Jahon hamjamiyati, xalqaro ekspertlar tomonidan mintaqaning asosiy lokomotivlari, deya eʼtirof etilayotgan davlatlarning hamkorlik masalasida bunday yuqori darajaga chiqishi hali kuzatilmagan. Tan olish kerak, ilgarilari ham Markaziy Osiyo, 'mintaqa birligi' yoki oʻta mafkuralashtirilgan 'Turkiston ' umumiy uyimiz' deganga oʻxshash ustmilliy umumiy tushunchalar mavjud boʻlgan esada, guruh sifatidagi oʻziga xoslik oʻta mujmal edi. Ikki asosiy kuch boʻlgan qoʻshnilarning mintaqada olib borayotgan harakatlari oʻsha mavhumlikni aniq harakatga aylantirishda muhim qadam boʻlmoqda. Bu haqda sal keyinroq, hozir esa bevosita davlatlarimiz va xalqlarimiz tarixiga zarhal harflar bilan bitilishga arzigulik yigʻilish ' Davlatlararo Oliy kengashning birinchi majlisi toʻgʻrisida batafsilroq toʻxtalamiz.

Tashrif doirasida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlari, biznes forumi, siyosiy maslahatlashuvlar, tahliliy markazlar forumi, intellektual oʻyinlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Bundan tashqari, kino kunlari va boshqa madaniy tadbirlar oʻtkazildiki, bu xalqlarimizning nafaqat siyosiy-iqtisodiy, balki madaniy jihatdan ham yakdilligini oshirishga xizmat qiladi desam, yanglishmagan boʻlaman.

Ushbu uchrashuvlardagi eng diqqatga sazovor voqealardan biri shuki, ikki mamlakat rahbarlarining 2024 ' 2034-yillarga moʻljallangan strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi qabul qilindi. Ayni hujjat Oʻzbehtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endkiston ' Qozogʻiston doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarida yangi bosqich boshhtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endlanganini anglatadi, albatta.

Shuni quvonch bilan aytish mumkinki, davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar dinamikasi misli koʻrilmagan darajalarga koʻtarilib borayotir. Buni boʻlib oʻtgan uchrashuvlar, masalan, tomonlarning biznes forumi va ishbilarmonlik uchrashuvlari yakunlari boʻyicha 7 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar imzolangani misolida ham koʻrish mumkinhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

' Biz koʻp qirrali munosabatlarimizda yangi sahifa ochdik ' Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdik. Ushbu format davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasi ifodasi boʻlib, mamlakatlarimiz va xalqlarimizning yaqin aloqalari, ularning barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy intilishini yaqqol namoyon etadi, ' dedi davlatimiz rahbari ushbu uchrashuvda.

Albatta, mintaqaning yuragi boʻlmish ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga chiqishi jahon hamjamiyatini ham, xalqaro ekspertlarning ham eʼtiboridan chetda qolmadi. Tahlilchilar, 'aql markazlari' ayni tashrif tafsilotlarini keng sharhladi. Xususan, Malaya universiteti (Malayziya) qoshidagi Osiyo va Yevropa instituti direktori oʻrinbosari Roy Entoni Rojers oʻz kuzatishlarini quyidagicha bayon etdi:

'Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari oʻrtasidagi mustahkam tarixiy aloqalar va shaxsiy doʻstona munosabatlar tufayli oʻzbek ' qozoq munosabatlarining bugungi holati alohida dinamika, oʻzaro tushunish va ishonchning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻistonga ushbu tashrifi nafaqat ikki mamlakat xalqlari, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi ravnaqi uchun ham tarixiy ahamiyatga ega, deb hisoblayman'.

Mintaqa hamkorligi yoʻlida Oʻzbekiston yuritayotgan siyosatni yuqori baholarkan, 'Premium Construction' kompaniyasi (Qatar) boshqaruvchi hamkori Nasri al-Saadi esa oʻz maqolasida yon qoʻshnilarning samimiy harakatlariga urgʻu beradi:

'Ikki mamlakat yetakchilari xalqaro hamkorlikning tobora html5-dom-document-internal-entity1-shy-endommalashib borayotgan mexanizmlariga aylanib borayotgan Maslahat uchrashuvlari va 'Markaziy Osiyo plyus' platformalari orqali mintaqani birlashtirish va saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish tarafdori hisobhtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endlanadi. Ular global va mintaqaviy siyosat masalalarida ham bir-birlarini faol qoʻllab-quvvatlab kelmoqda'.

Tabiiyki, mening maqsadim ushbu tarixiy uchrashuv haqida xorij tahlilchilari fikrlarini qalashtirib tashlash yoki sharhlash emas. Koʻzlagan niyatim ' shu muqaddas yurt, aziz xalqi uchun turli qiyinchiliklar, bosimlar, tashqi va eng afsuslanarlisi, oʻzingdan chiqqan balo ' ichki 'oʻyinlar'ni yengib oʻtib, sovuqqonlik va donishmandlik bilan koʻzlagan manziliga intilayotgan va bu jarayonda ulkan yutuqlarga erishayotgan Millatimiz Lideri Shavkat Mirziyoyevning jasorat va sadoqatga evrilgan faoliyati haqida soʻzlash va bu kayfiyatni sizga ham ulashishdir. Zotan, men oʻzbek xalqi, Oʻzbekiston nomini balandhtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endlarga koʻtargan, koʻtarayotgan shunday inson bilan zamondosh va vatandosh boʻlganimdan mudom faxr tuyaman.

II

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda yaqinda Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida 'Shavkat Mirziyoyev shaxsiyati bugun nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor kuchga doʻndi', degan edi.

Agar jahonga taniqli ulamoning biz uchun neytral shaxsligini hisobga olsak, ushbu taʼrif mutlaqo samimiy ekaniga ishonch hosil qilamiz.

Darhaqiqat, bugun xalqaro siyosatda katta qiziqishga sabab boʻlgan Markaziy Osiyo davlatlari Maslahat uchrashuvining tashabbuskori ham shaxsan bizning Prezidentimiz boʻldi.

Eslasangiz, ushbu tashabbus dunyo hamjamiyati tomonidan keng olqishlangan va ilk uchrashuv 2018-yil 15-martda Ostonada boʻlib oʻtgan edi. Besh qoʻshni davlat rahbarlarining kechagina Qozogʻiston poytaxti Ostonada oʻz ishini olib borgan yigʻilishi ayni formatning yangi sikli ' davrini boshlab berdi.

Bugungi maqoladagi asosiy urgʻu shu mavzuga tegishli boʻlmasa-da, bir mulohazani aytishim shart. Shavkat Mirziyoyev bundan 7-8-yil ilgari bu uchrashuvni tashkillashtirishdan koʻzlagan maqsadni men endi aniq tushunganday boʻldim. Bu ' mintaqaning birligi, ha, ha, ming yillarki, ota-bobolari birga ahil-inoq yashab kelgan, ammo turli siyosiy sabablarga koʻra, ajralib, va hatto yuqorida aytganimdek, bir-biroviga yovga aylanishiga ozgina qolgan xalqlarimizni birlashtirish, siltab uzib olingan tarixiy tomirlarga malham qoʻyish, bir zamonlar chuqur uyquga ketgan 'arslon'ni uygʻotish ekanhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Oʻzingiz bir oʻylab koʻring, kechagi yigʻilishda yuz yillardan buyon yangramagan, qoʻrquv va talvasa ichra tillarga koʻchmagan ulugʻ bir gʻoya ' 'mintaqa integratsiyasi', 'mintaqaviy oʻziga xoslik' degan siyosiy chaqiriqlar oʻrtaga tashlandi.

' Madaniy-tarixiy merosning umumiyligini hisobga olgan holda, ' dedi davlatimiz rahbari oʻz soʻzida, ' xalqlarimizning mintaqa kelajagi uchun daxldorligi, birdamligi, umumiy masʼuliyatni anglashini kuchaytirishga katta eʼtibor berishimiz lozim.

Oʻylaymanki, 'Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona oʻtmish va umumiy kelajak' xalqaro mediaplatformasining tezroq ishga tushirilishi ushbu yoʻnalishda muhim amaliy qadam boʻladi.

Mintaqa xalqlarining oʻzaro bir-birini tushunishi va birdamligini yanada mustahkamlash maqsadida mintaqaviy oʻziga xoslikni shakllantirishning amaliy jihatlariga bagʻishlangan ilmiy forum oʻtkazishni taklif qilamiz.

Ushbu iqtibosdagi 'mintaqaviy oʻziga xoslik' degan iboraga chuqurroq nazar solsangiz, bu soʻz mohiyatan nafaqat mintaqaning html5-dom-document-internal-entity1-shy-endgeografik, siyosiy-iqtisodiy, balki madaniy-mafkuraviy jihatlarini ham qamrab olganini koʻrishingiz mumkin. Xususan, bu uzoq yillik mustabidlikdan soʻng mintaqaning 'yoʻqolgan qalbi' ' umumiy kimligi (identiki)ni tiklash borasidagi jasoratli qadam ekanini anglab olasiz. Sodda va jaydari tilda aytganda, bu mintaqa xalqlarining 'oʻgʻirlangan' oʻzligi, umummilliy gʻururini tiklash deganidir.

Qozogʻistonda Prezidentimizga berilgan ikki yuksak mukofot ' Qozogʻishtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endton Respublikasining 'Oltin Qiron' ('Oltin burgut') ordeni hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni ' Shavkat html5-dom-document-internal-entity1-shy-endMirziyoyevning mintaqa xalqlari, davlatlari oʻrtasidagi 'muzlik'ni eritgani, hayotimizga bobolardan meros qaynoq doʻstlik, mehr-u muhabbatni qaytargani bilan bogʻliq desam, yanglishmagan boʻlaman, nazarimda.

Zotan, bunga misollar koʻp, ammo kecha Parijda oʻtgan Olimpiya oʻyinlari jarayonidagi iliq taassurotlar barchasidan aʼlo boʻldi: shu sport oʻyini qoʻshni xalqlarning qalbida bir-biriga nisbatan muhabbat paydo boʻlganini, oldingi gʻaraz-u xusumatlar qalblarimizdan muz kabi erib ketganini isbotladi.

Bu, shubhasiz, mintaqada Shavkat Mirziyoyev boshlagan va olib borayotgan mehr va samimiyatga toʻla siyosatning yorqin namunasidir.

III

Shu kunlarda qalblarimizni nurga toʻldirgan voqealardan yana biri, shubhasiz, Parij olimpiadasida sportchilarimiz erishgan gʻalabalardir. Kim nima desa, desin, bu GʻALABA Yangi Oʻzbekistonning qalbi, gʻururi, iftixoriga aylandi. Eʼtibor qiling, kechagina 'kolonial', 'postkolonial' deb tepadan qaraladigan, nomi xalqaro mashvaratlarda shunchaki til uchida aytib ketiladigan mamlakatimiz jahonga oʻzining kimligini koʻrsatib va eslatib qoʻydi.

Sportchi yoshlarimiz

208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada yuksak matonat, mahorat va iroda koʻrsatib, dunyoda 13-oʻrin, Osiyoda 4-oʻrin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-oʻrinni egalladi. Bir yoʻla 3 nafar sportchimiz 'ikki karra olimpiya chempioni', degan yuksak sharafli nomga sazovor boʻldi. Bu olamshumul voqeani kim oʻz-oʻzidan boʻldi, deya oladi?!

Ayni damda odamda favqulodda ikkilanish paydo boʻladiki, bugun mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar biz shu Vatanga daxldorligimiz uchun koʻzimizga oʻzgacha koʻrinayotgandir, degan. Ammo u darajada emas. Bugun mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaratuvchanlik qudratini chetdagilar ham nazardan qochirmayotir. Masalan, dunyo ilm-fanida taniqli olim, tarixchi, etnolog va antropolog, tarix fanlari doktori, Sankt-Peterburgdagi Yevropa universitetining antropologiya fakulteti professori Sergey Abashin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida oʻz mulohazalarini quyidagi tarzda qoldirgan:

'2024-yilgi Olimpiada favqulodda muhim voqeaga aylandi. Gender va sanʼat mavzulari muhokamasi bilan emas, balki, eng avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari va ayniqsa, 8 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, 13-oʻrinni egallagan Oʻzbekiston sportchilarining koʻrsatgan ajoyib natijalari bilan esda qoladigan boʻldi (eslatib oʻtmoqchiman, olimpiada yutuqlari bilan bir qatorda, oʻzbek shaxmatchilari ham soʻnggi yillarda jahon reytingida yuqori oʻrinlarni egallab kelyapti). Sport tilida aytganda, biz Markaziy Osiyo davlatlari umumbashariy miqyosda tanilayotgan va tan olinayotgan muhim oʻyinchilarga aylanib borayotganiga va oʻz subyektligini anglab yetayotganiga guvoh boʻlib turibmiz. Bu dunyoda va sobiq postsovet hududida haqiqiy tarixiy siljish boʻlib, hali uzoq davom etadigan va shubhasiz, tabiiy jarayondir'.

Albatta, ozgina siyosiy madaniyati bor odam Abashin ushbu matn orqali nimaga ishora qilayotganini yaxshi anglaydi. Yaʼni Oʻzbekistonning bugun sportda erishayotgan gʻalabalari uning milliy subyektga aylanayotganini ham koʻrsatadi. Bu, ochiq aytganda, mamlakat siyosiy-mafkuraviy jihatdan mustaqilligini mustahkamladi, endi unga oʻrtada turadigan oʻrtakashning keragi yoʻq, degani boʻladi.

Xulosa oʻrnida shuni aytmoqchimanki, shu kunlarda hayotimizda sodir boʻlgan bu ikki quvonchli voqea bizning ertamiz porloq va ishonchli ekanini kafolatladi, Yangi Oʻzbekishtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endtonning qatʼiyatini, uning jasoratli Lideri Shavkat Mirziyoyevning irodasi bukilmas va yoʻli ortga qaytmas ekanini ifoda etdi.

Qudratilla RAFIQOV,

siyosatshunos


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
32
0
xs.uz

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yil 23-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtiri

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan h

26 Jul 10:20
 
51
0
qalampir.uz

10 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan Z.A.ning 13 yoshli o‘g‘li va 10 yoshli qizi bo‘lgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 2 ming AQSH dollariga sotishga ke

26 Jul 10:21
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid