calendar 14 Aug 06:37
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Davlat jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlarini kafolatlashi mumkin – Qonun loyihasi

image


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida majlisida 'Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda atroflicha muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimizda omonatlarni kafolatlash tizimi bilan barcha tijorat banklari qamrab olinmagani bois jismoniy shaxslar boʻlgan koʻplab mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi Xalq banki omonatlarni kafolatlash tizimida ishtirok etmagan holda, unga joylashtirilgan omonatlar davlat tomonidan kafolatlanishi mumkin.

Majlisda deputatlar ushbu qonun loyihasi moliya xizmatlari bozorida raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yuqoridagi sabablarni bartaraf etish uchun zarur deb hisoblashi bildirilgan. Bundan tashqari, banklardagi omonatlar fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan toʻliq hajmda kafolatlangani omonatchilar tomonidan bankning moliyaviy holati va faoliyat tavakkalchiligi bilan qiziqmasdan oʻz mablagʻlarini yuqori foizli omonatlarga joylashtirilishiga sabab boʻladi.

Qonun loyihasida omonatlarni kafolatlash tizimini isloh qilish, shu jumladan bank tizimining uzoq muddatli barqarorligini taʼminlash, uni ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash uchun iqtisodiy inqirozlarning salbiy oqibatlarini minimallashtirish maqsadida kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi (200 million soʻm) ham qayd etilgan.

Qonun tashabbuskorlarining maʼlum qilishicha, kafolatlangan omonat miqdorining cheklangani bilan banklar fuqaroviy javobgarlikdan ozod etilmaydi va ular omonatchilari oldida oʻzining mol-mulki bilan javobgar boʻlishadi. Shu bilan birga, loyihani yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini, taklif va tavsiyalari bildirilgan boʻlib, keyingi oʻqilishlarda bartaraf etish majburiyati tashabbuskorlarga yetkazildi.

Qayd etish kerakki, Jahon banki ekspertlari tomonidan respublikamizdagi banklarning 'Omonatlarni kafolatlashning samarali tizimi asosiy tamoyillari'ga muvofiqligi oʻrganilganda, 16 ta asosiy tamoyildan 8 tasi boʻyicha qoʻyilgan maqsadlarga erishish mumkin emasligi yoki bunday maqsadlarga zid qoidalar mavjudligi aniqlangandi.

Avvalroq, Bosh prokurorning iltimosnomasiga binoan xorijiy davlat sudining qarorini tan olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:45
 
55
0
xs.uz

AQSHda 38 yoshli oʻzbekistonlik ayanchli YTH tufayli vafot etdi

Qayd etilishicha, Jamoliddin Tohirov 18 gʻildirakli 2022 Freightliner rusumli furani haydab ketayotib, nomaʼlum sabablarga koʻra ichki beton toʻsiqqa urilgan. Shundan soʻng qarama-qarshi yoʻnalishdagi barcha yoʻlaklardan oʻtib, tashqi himoya panjarasini ham yorib oʻtgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Uning jasadi mashina tashqarisidan topilgan. Taxminlarga koʻra, haydovchi oynadan otilib ketgan.Maʼlumot uchun, marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan. Halokat yuzasida

19 Aug 07:04
 
18
0
xs.uz

Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi

'Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga koʻra quyidagilar tasdiqlandi:Respublikaning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.Davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kr

11 Aug 03:43
 
31
0
xs.uz

Bedarak yoʻqolgan erkakning murdasi “Boʻrijar” kanalidan topildi

Toshkent shahrida bedarak yoʻqolgan erkakning murdasi 'Boʻrijar' kanalidan topildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.Bildirilishicha, kecha, 9-avgust kuni soat 15:30 larda Chilonzor tuman IIO FMBga xabar kelib tushgan. Unga koʻra, Toshkent shahar Seul koʻchasi boʻylab oqib oʻtuvchi 'Boʻrijar' kanalining qirgʻogʻidan 1951-yilda tugʻilgan Sh.A.ning jasadi tan jarohatlarisiz topilgan.Aniqlanishicha, 4-avgust kuni marhumning oila aʼ

26 Jul 10:20
 
40
0
qalampir.uz

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi

Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan. Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harak