calendar 11 Aug 03:44
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentning qaysi tumanlarida kvartira ijarasi narxi arzonroq?

image
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning iyul oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarini tahlil qildi.

Iyul oyida Toshkent shahrida oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etgan boʻlsa, toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlarining bir oz oshishi kuzatildi. Xususan, poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyun oyidagiga nisbatan oʻrtacha 0,7 foizga pasaygan boʻlsa, toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha 0,3 foizga oshgan.

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasi

2024-yilning iyul oyida oʻrtacha taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun ijara narxlari iyun oyidagiga nisbatan (0,2 foiz) oshgan boʻlsa, 2-4 xonali uylarning ijara narxlari pasaydi. Xususan, oʻrtacha taʼmirlangan 2 xonali uylar uchun 0,4 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,1 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 1,6 foizga.

Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali ' 273 AQSH dollari, 2 xonali ' 335 AQSH dollari, 3 xonali ' 379 AQSH dollari, 4 xonali ' 420 AQSH dollari), Olmazor (1 xonali ' 288 AQSH dollari, 2 xonali ' 343 AQSH dollari, 3 xonali ' 417 AQSH dollari, 4 xonali ' 451 AQSH dollari) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, eng qimmat ijara narxlari Yakkasaroy (1 xonali ' 348 AQSH dollari, 2 xonali ' 438 AQSH dollari, 3 xonali ' 574 AQSH dollari, 4 xonali ' 604 AQSH dollari) va Mirobod (1 xonali ' 334 AQSH dollari, 2 xonali ' 433 AQSH dollari, 3 xonali ' 557 AQSH dollari, 4 xonali ' 713 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

2024-yilning iyul oyida toʻliq taʼmirlangan 1 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlari iyun oyidagiga nisbatan pasaygan boʻlsada, 2 xonali, 3 xonali hamda 4 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarining oshishi kuzatildi. Mazkur davrda 1 xonali uy-joylar ijarasi 1,5 foizga arzonlashgan, biroq 2 xonali uy-joylar ijarasi oʻrtacha 0,9 foizga, 3 xonali uy-joylar ijarasi 1,2 foizga, 4 xonali uy-joylar ijarasi 0,6 foizga qimmatlashgan.

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali ' 341 AQSH dollari, 2 xonali ' 400 AQSH dollari, 3 xonali ' 506 AQSH dollari, 4 xonali ' 591 AQSH dollari) va Uchtepa (1 xonali ' 359 AQSH dollari, 2 xonali ' 438 AQSH dollari, 3 xonali ' 552 AQSH dollari, 4 xonali ' 671 AQSH dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali ' 447 AQSH dollari, 2 xonali ' 736 AQSH dollari, 3 xonali ' 1042 AQSH dollari, 4 xonali ' 1300 AQSH dollari) va Yakkasaroy (1 xonali ' 443 AQSH dollari, 2 xonali ' 658 AQSH dollari, 3 xonali ' 388 AQSH dollari, 4 xonali ' 1170 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.

Ijara narxlari 'olx.uz' platformasidan veb skreping (web scraping) orqali olingan ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning iyun oyi uchun 49,4 mingta va iyul oyi uchun 52,6 mingta maʼlumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 6 foizlik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 16:07
 
94
0
xs.uz

Elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklash taklif qilindi

Unga koʻra, Oʻzbekistondagi avtomobil bozori 'haddan tashqari toʻyingan va qizib ketgan'. Shuning uchun u jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solish kerak degan fikrda.Qayd etishicha, agar avtomobil ishlab chiqaruvchisi 60 dan ortiq texnik talablarga javob berishi kerak boʻlsa, unda import mahalliy standartlarga javob bermaydi.Bundan tashqari, 'ADM Jizzakh' bosh direktori avtotransport vositalarini rasmiy dilerlar orqali olib kirish tartibini tiklash

03 Sep 21:35
 
12
0
xs.uz

“Oʻzbekneftgaz”ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Maʼlum qilinishicha, Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan davlat xaridlarida 'Raqobat toʻgʻrisida'gi hamda 'Davlat xaridlari toʻgʻrisida'gi qonunlariga rioya etilishi yuzasidan elektron maxsus axborot portallaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda doimiy monitoring oʻtkazilmoqda.Olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, 'Oʻzbekneftgaz' AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan 2 ta jami 4,8 milliard s

08 Sep 16:45
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekiston 7 oyda 7,5 million AQSH dollariga teng muzqaymoq import qilgan

Oʻzbekiston muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilish boʻyicha yuqori natija qayd etdi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.2024-yilning 7 oyida Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlat Rossiya

24 Aug 17:27
 
20
0
xs.uz

Soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdor ikki baravargacha oshirilishi mumkin

Oʻzbekistonda soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdorni ikki baravargacha oshirish taklif qilindi.Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatishga asos boʻladigan qonunbuzilish holatlari darajasi belgilanmaganini koʻrsatib oʻtdi. Oqibatda arzimagan kamchiliklar bilan ham tadbirkorlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish holatlari kuzatilmoqda.Shu bois 1-noyabrga qadar aholining hayoti va sogʻl