calendar 29 Jul 15:42
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

"Chorsu" bozorida 825 mln so‘mlik tilla o‘g‘irlagan qiz qamaldi

image

“Chorsu” bozorida tilla buyumlarni o‘g‘irlagan qiz 8 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 9 mart kuni soat 21:00 larda “Chorsu” buyum bozorida sodir bo‘lgan. Surxondaryolik 25 yoshli M.S. do‘konining yerto‘lasi kirish eshigi qulfini o‘zi bilan olib kelgan bolgarka yordamida kesib ochib, omborxonada bo‘lgan temir seyfning ichida saqlab kelingan jabrlanuvchi A.M.ga tegishli jami narxi 825.000.000 so‘mlik 187 dona tilla uzuk, 27 dona tilla bilaguzuk, 123 juft tilla zirak, 1 dona tilla to‘g‘nog‘ich, 44 dona tilla zanjirli bilak uzuk, 29 dona tilla zanjir, 6 dona tilla zanjir hamda 24 dona taqinchoqlar joylash uchun mo‘ljallangan moslamalarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Sud xulosasiga ko‘ra, M.C. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, M.C.dan jabrlanuvchi A.M.ning foydasiga yetkazilgan 56.416.470 so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
10
0
xs.uz

Toshkent metropolitenida metall detektorlar oʻrnatiladi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalari oʻrnatiladi. Bu haqda 'Toshkent metropoliteni' DUK xabar berdi.Qayd etilishicha, Poytaxt metroposidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qoʻshimcha masʼuliyat va javobgarlikni talab etadi.Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini taʼminlash va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmala

26 Jul 10:48
 
57
0
xs.uz

Parlament saylovlarining sanasi aniq boʻldi

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bugun oʻtkazilgan majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga doir muhim qarorlarni qabul qilgan.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 36-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy k

26 Jul 10:21
 
56
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Ijtimoiy karta” joriy qilinadi. U aholiga qanday imtiyozlar beradi?

'Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.Maʼlum qilinishicha, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib bir qator vazifalar belgilanmoqda.Xususan, endilikda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 'Ijtimoiy karta' axborot tizimini joriy etish orq

19 Jul 10:58
 
65
0
xs.uz

Fargʻona ekoshahrida bayram shukuhi

'Chilla ' isteʼdodlar mavsumi' shiori ostida fargʻonalik xushovoz xonandalar ijrosida gala-konserti boʻlib oʻtdi.' Ekoshaharning fayzli oqshomida madaniyat, sanʼat bayrami shukuhi kezmoqda, ' deydi Oʻzbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov. ' Oʻtgan qisqa muddatda yangi shaharcha xalqimizning sevimli manziliga aylandi. Chunki bu yerga kelgan sayyohlar noyob qurilish arxitekturasi, soʻlim tabiat manzarasidan bahra oladi.Taʼkidlash joiz, Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Ekoshah