calendar 29 Jul 13:56
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda Labo maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bola vafot etdi (video)

image

Samarqand viloyatida Labo haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 23 iyul kuni soat 14:00 atrofida “Saxovat” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Labo rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lning qatnov qismidan harakatlanib kelayotgan voyaga yetmagan velosipedchini urib yuborib, YTH sodir etgan. 

Oqibatda velosipedchi tan jarohatlari bilan shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

“Yo‘lda to‘satdan oldimda velosiped minayotgan bolakay paydo bo‘ldi. Men uni sezmadim. Haydovchilar va velosipedchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rayman. Men qilgan ishimdan afsusdaman. Bu boshqa takrorlanmaydi”, deydi haydovchi.

Hozirda Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Spark piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
26
0
xs.uz

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli bunyodkorlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O'zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda davlatimiz rahbarining quruvchilarga tabrigini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi o'qib eshittirdi. Qutlovda so'nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik makoniga, qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga ayl

22 Jul 16:12
 
61
0
qalampir.uz

Toshkentga 765 kg qisqichbaqani noqonuniy olib ketayotganlar ushlandi

Toshkentga katta miqdordagi qisqichbaqalarni noqonuniy olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on suv ombori va YPX xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida Bulung‘ur Yuqori nuqta postida dengiz qisqichbaqalari yuklangan yuk tashuvchi transport

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

18 Jul 22:38
 
117
0
xs.uz

Maosh 8 mln soʻmdan yuqori: Oʻzbekistonliklar Rossiyadagi korxonaga ishga taklif qilinmoqda

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar Rossiyaning 'Ozon Komyuniti' korxonasiga ishga taklif etilmoqda. Ish turi omborxona ishlari. Oylik maosh 60 ming rubl (taxminan 8,5 million soʻm)dan boshlanadi (barcha soliqlar ushlangandan keyin).Nomzodlar uchun talablar:Ish beruvchi hisobidan: aviachipta, bir mahal ovqat, yotoqxona va transport.Roʻyxatdan oʻtish