calendar 28 Jul 11:46
eye 102
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda shifokorlarni kaltaklaganlar ushlandi

image

Avvalroq, Toshkent shahrida 27 yoshli bemor va uning do‘stlari shifokorlarni do‘pposlagani haqida xabar berilgandi. Tibbiyot xodimlarini kaltaklashda gumon qilinganlar protsessual tartibda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida ikki nafar shifokorga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, xirurgik amaliyotga tayyorlash vaqtida bemor shifokor-mikroxirurg M.X.ga jiddiy qarshilik ko‘rsata boshlagan va tibbiyot xodimiga tarsaki tushirib, uni haqorat qilgan va operatsion stoldan tushib, shifokorni qattiq do‘pposlay boshlagan. Shundan keyin shifokor M.X. ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyat yuzasidan navbatchi qismga ma’lumot bergan. So‘ng shifokor M.X. bemorning o‘rtoqlari – P.I. va S.B.lar tomonidan ham kaltaklangan. Shu vaqtda shoshilinch xirurgiya bo‘limining navbatchi shifokori H.U. bemorga xirurgik amaliyotni bajarish uchun operatsion blokka kelgan. P.I. va S.B.lar bu tibbiyot xodimini ham ayovsiz do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 26 yoshli yigit chaqiruv bo‘yicha kelgan tez tibbiy yordam shifokorini kaltaklagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 12:18
 
63
0
xs.uz

Barcha vazirliklar va viloyat hokimliklarida Barqaror rivojlanish markazlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi

Oʻtgan yili tadbirkorlarga 90 trillion soʻm bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan.Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli koʻrsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati choʻzib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi.Mutasaddilarga yil yakunigacha 10 trillion soʻmlik asossiz xarajatlarni maqbullashtirish choralarini koʻrish topshirildi.Yil boshida 20 ta yirik korxonada tannarxni 15 foizga pasaytirish boʻyicha berilgan topshiriqqa

11 Aug 03:43
 
17
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o'rtasidagi do'stlik, qo'shnichilik va o'zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umu

18 Jul 15:50
 
50
0
qalampir.uz

Samarqanddagi 11 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid ekani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi 11 ta tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ekani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning II chorak yakunida qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini &ldqu

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimi o‘rinbosari MCHJ rahbari “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yo‘llagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt o‘tgandan keyin ko‘rib chiqqani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari va qaror qabul qilish tartibi tasd