calendar 26 Jul 11:34
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi oshdi

image
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yanvar'iyul oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming soʻmga yetgan. Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 337 ming soʻm boʻlgan.

Qayd etilishicha, yarim yil mobaynida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 million soʻm), Navoiy (6,6 million soʻm), Toshkent (4,9 million soʻm), Andijon (4,4 million soʻm) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4,2 million soʻm) kuzatildi.

Olti oy davomida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Fargʻona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Oʻrtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

Maʼlumot uchun, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga soʻnggi marta 2023-yil 1-dekabrdan oʻzgartirish kiritilgan boʻlib, 1 million 50 ming soʻmni tashkil etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:13
 
82
0
xs.uz

Toshkentdagi barcha mozaikali turar-joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi

Toshkent shahridagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod

11 Jul 15:12
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxira aktivlari qariyb 294 million dollarga kamaydi

Markaziy bank Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-iyul holatiga koʻra 294 million dollarga kamayib, 36,34 milliard AQSH dollarni tashkil etayotganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning oltin zaxiralari iyun oyida 500 million dollardan (27,31 milliard dollargacha) oshgan. Oltinning fizik hajmi 11,4 million troya unsiyadan 11,7 million troya unsiyagacha (31,1034768 grammga teng massa birligi) koʻpaygan. Xorijiy valyuta zaxiralari qiymati 9,23 milliard dollardan 8,43 mill

15 Jul 12:03
 
48
0
xs.uz

Toshkentda 1,6 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda tumandagi 'K.Ch.' va 'B.' mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi 'A.K.' MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi masʼul shaxslari 2022-yildan 2024-yil iyulga qadar aholidan yigʻilgan jami

19 Aug 07:04
 
22
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'27,28'soʻmga oshdi va'12 650,05'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'12,37'soʻmga koʻtarilib,'13 930,24'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'3,14'soʻmga oshib,'142,60'soʻmni tashkil qildi.