calendar 26 Jul 10:21
eye 40
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

image
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.

Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik qilishini maʼlum qilgan.

Maʼlum qilinishicha, Xalqaro 'Esports' komissiyasi Olimpiya brendining yoshlar orasida jozibadorligini aks ettiruvchi tashabbusiga kuchli ishtiyoq koʻrsatishini bildirgan. Saudiya Arabistonining kibersport boʻyicha tajribasi loyiha uchun muhim jihat sifatida koʻrilyapti.

Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Turki Al Faysal kibersportning yosh avlod uchun ahamiyatini taʼkidlab, bu yangi tarix yaratish yoʻlidagi muhim qadam ekanligini bildirgan. Maʼlumki, Arabiston soʻnggi paytlarda koʻplab xalqaro turnirlarga mezbonlik qilgan kibersportning asosiy markaziga aylanib ulgurgandi.

XOQ ushbu Olimpiya oʻyinlarini rejalashtirishni boshlashini va asosiy eʼtiborni shahar, joy, oʻyin nomi va saralash jarayonini tanlashga qaratishini bildirgan. Tomas Bax matbuot anjumanida ushbu muhim bosqichning ahamiyatini yana bir bor taʼkidlab, XOQ mustahkam asosga ega boʻlgan yangi davrga qadam qoʻyayotganini aytib oʻtdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
49
0
qalampir.uz

Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.   Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojar

15 Jul 12:02
 
42
0
qalampir.uz

Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi.  Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan. G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq,

15 Jul 12:12
 
120
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda kuchli sel tufayli bozor va yo‘llarni suv bosdi (video)

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida kuchli sel sodir bo‘ldi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi. Sel ko‘chkilari bozorlardagi avtomobillarni olib ketgan. Yo‘llar hamda bozor ichi suv bilan to‘lgan. Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, sel toshqinlari bugun, 14 iyul kuni soat 14:00 atrofida kuchli yog‘ingarchilik tufayli Toloykon qishlog‘i va “Bo‘riboy-ota” dam olish maskanida kuzatilgan. Voqea joyiga 46 nafar qutqaruvchi y

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Markaziy Osiyo banklari Rossiyadan to‘lovlarni sekinlashtirmoqda – OAV 

Rossiya tadbirkorlarining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi banklar orqali to‘lovlarni rad etishlari ulushi iyul oyida 30 foizga oshdi. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni RBK xabar berdi.  Qayd etilishicha, to‘lov muddati taxminan 15 foizga ikki haftaga oshgan. Bu muammo Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston banklariga ta’sir qilgan. Ular Rossiya kompaniyalaridan qo‘shimcha hujjatlar va tushuntirishlarni talab qila boshlagan. Gap ta’sischilar, mijozlar, bitiml