calendar 26 Jul 10:21
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

image
Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.

'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar yetakchisi.

Shuningdek, u vakolat muddati tugagunga qadar qiladigan ishlari haqida ham aytib oʻtgan.

'Prezidentlik muddatimning qolgan olti oyi davomida mamlakat iqtisodiyoti muammolari va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanaman. Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda va NATOni mustahkamlashda davom etaman', dedi Bayden.

'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi' deya qoʻshimcha qilgan prezident.

Nutqining oxirida prezident oʻzining nomzodi haqida gapirar ekan, Harrisni tajribali, qattiqqoʻl, qobiliyatli va mamlakat uchun kerakli yetakchi ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Netanyahu AQSH Kongressida nutq soʻzladi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH Kongressida 'Bizning dushmanlarimiz sizning dushmanlaringiz' deya nutq soʻzladi.

'Biz Eron bilan kurashganimizda, Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng radikal va qotil dushmani bilan kurashamiz. Bizning kurashimiz sizning kurashingiz, bizning gʻalabamiz esa sizning gʻalabangiz boʻladi' deb qoʻshimcha qilgan Netanyahu.

Isroil Bosh vazirining aytishicha, Eron Amerikaga qarshi chiqish uchun avvalo Yaqin Sharqni zabt etishi kerak. Ammo Yaqin Sharqning qoq markazida Eron yoʻlida toʻsiq boʻlib turgan bir gʻururli amerikaparast demokratiya bor. Bu Isroildir.

Netanyahu Gʻazo kelajagi haqida gapirar ekan, Isroil tarafdorlaridan iborat falastinliklar tomonidan boshqariladigan fuqarolik boshqaruvi boʻlishi, Isroil harbiylari nazorati ostida demilitarizatsiyalangan hamda deradikalizatsiyalangan anklav boʻlishini aytgan.

Rossiya 'havosi'da oʻzgarish

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qoʻmondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qoʻmondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi.

Kobilash 1965-yilda Odessada tugʻilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. Oʻtgan yili Ukraina Xavfsizlik xizmati uni Ukrainadagi tinch aholi nishonlarini oʻqqa tutganlikda gumon qilinayotganini eʼlon qilib, tegishli dalillar toʻplaganini maʼlum qilgan edi.

Suriya prezidenti Bashar Asadning Moskvada nima ishi bor?

Rossiya televideniyesi Suriya prezidenti Bashar Asad Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganini maʼlum qildi. Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas, ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi global va mintaqaviy voqealarni inobatga olgan holda ushbu uchrashuvni 'juda ahamiyatli' deb atadi.

Kremlga koʻra, uchrashuv chorshanba kuni boʻlib oʻtgan, ammo muhokamalar tor doirada boʻlganligi uchun koʻproq maʼlumot berilmagan. 'Mumkin boʻlgan mavzulardan biri Suriya va Turkiya oʻrtasidagi diplomatik aloqalarni tiklash', deb yozgan nashrlar.

Asad ham, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ham 2011-yilda uzilgan munosabatlarni tiklashdan manfaatdorlik sezayotgani haqida koʻplab xalqaro ekspertlar hamfikrdir.

Putin va Asad Suriyadagi 12-yillik fuqarolik urushi davomida mustahkam ittifoqchilikni saqlab kelgan. Rossiyaning harbiy yordami Asad kuchlariga mamlakatning katta hududlarida nazoratni tiklashda muhim ahamiyatga ega edi. Soʻnggi uchrashuv deyarli bir yarim yil avval yuz bergan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 15:13
 
61
0
qalampir.uz

Koronavirusga chalingan Baydenning ahvoli qanday?

Koronavirusga chalingan AQSH Prezidenti Jo Baydenning ahvoli so‘nggi 24 soat ichida sezilarli darajada yaxshilandi. Oq uy matbuot xizmati Amerika yetakchisining davolovchi shifokori Kevin O’Konnorning shu haqdagi bayonotini e’lon qildi. “Bundan kelib chiqadiki, yo‘tal va bo‘g‘iq ovoz Baydenning kasallikning asosiy alomatlaridir, ammo payshanbaga nisbatan sezilarli yaxshilanish mavjud. AQSH Prezidentining yurak urishi, qon bosimi va nafas olishi normal”, deydi O&r

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.  Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavf

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Markaziy Osiyo banklari Rossiyadan to‘lovlarni sekinlashtirmoqda – OAV 

Rossiya tadbirkorlarining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi banklar orqali to‘lovlarni rad etishlari ulushi iyul oyida 30 foizga oshdi. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni RBK xabar berdi.  Qayd etilishicha, to‘lov muddati taxminan 15 foizga ikki haftaga oshgan. Bu muammo Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston banklariga ta’sir qilgan. Ular Rossiya kompaniyalaridan qo‘shimcha hujjatlar va tushuntirishlarni talab qila boshlagan. Gap ta’sischilar, mijozlar, bitiml

21 Jul 11:54
 
72
0
qalampir.uz

Isroil Yamanga hujum boshladi (video)

Bugun, 20 iyul kuni Isroil qo‘shinlari AQSH hamda Buyuk Britaniya bilan birgalikda Yamanning Xodeyda port shahridagi yoqilg‘i omborlariga hujum qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi.  Isroil harbiy samolyotlari Yamanning Xodeyda shahridagi husiylarning pozitsiyalariga havo hujumlari uyushtirgan. “Bu husiylarning Tel-Avivdagi Qo‘shma Shtatlar elchixonasi yaqinida sodir qilgan portlashdan bir kun o‘tib ro‘y berdi”, degan AQSH rasmiylaridan biri.