calendar 26 Jul 10:21
eye 34
comments 0
comments Manba: xs.uz

Olti nafar investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi

image
Mazkur xususiylashtirish jarayonlari Deloitte kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish boʻyicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.

Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.

Natijada, 2024-yil 15-iyulga qadar dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan, Arab davlatlari, Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan 6 nafar xalqaro investor tomonidan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalar kelib tushgan.

Barcha arizalar, ushbu bosqichda belgilangan mezonlarga, xususan:

Oʻrganish natijasida barcha arizalar yuqoridagi mezon talablariga muvofiqligi aniqlandi. Shunga koʻra barcha 6 nafar talabgorlar, 'Majburiyatga ega boʻlmagan taklif (NBO)'ni tayyorlash uchun ushbu bosqichini boʻyicha batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tegishli jarayon xati orqali individual ravishda yuborildi.

Sotuvga qoʻyilgan mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferensiya zali, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni oʻz ichiga oladi. Umumiy 3 ga yer maydonida 44 903 kv metr bino va inshootlar joylashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 16:30
 
63
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'8,96'soʻmga oshdi va'12 610,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'53,26'soʻmga tushib,'13 720,98'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,'22'soʻmga pastlab,'143,28'soʻmni tashkil qildi.

11 Aug 03:44
 
30
0
xs.uz

Xorazmda gʻisht zavodi qariyb 4,8 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagani maʼlum boʻldi

Xorazm viloyatida gʻisht ishlab chiqarish zavodi 4 mlrd 786 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi gʻisht ishlab chiqarish zavodida yirik oʻgʻrilik holati fosh etilgan.Unga koʻra, Tumandagi 'X.Sh.' MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish

11 Aug 03:44
 
25
0
xs.uz

Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymati belgilandi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,98 soʻmga oshdi va 12 643,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 18,66 soʻmga koʻtarilib, 13 806,16 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,58 soʻmga pastlab, 143,33 soʻmni tashkil qildi.

19 Aug 07:04
 
19
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qonuniy taksi bozori hajmi 3 trln soʻmga yetdi

Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan taksi agregatorlari soni 142 taga yetdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.Ulardan 136 ta kompaniya maydan avgust oyining oʻrtalariga qadar maʼlumotlar bazalariga ulangan. Aprel oyida 6ta taksi xizmati, jumladan 'Yandex Go' va 'Uklon' soliq organlari tizimlari bilan integratsiya qilingandi.15-avgust holatiga koʻra, fiskal cheklarning umumiy summasi 3 trln soʻmni tashkil etdi. Safarning oʻrtacha narxi ' 18