calendar 26 Jul 10:21
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

image
Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotganini koʻrsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi boʻyicha ishonchni oshirmoqda.

Nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda.

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatildi. Tashqi bozorlardagi narxlar dinamikasi ham import inflyatsiyasiga pasaytiruvchi taʼsir koʻrsatishda davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Shuningdek, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining pasayishi hamda almashuv kursi barqarorligi aholining inflyatsion kutilmalariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, iyun oyida sezilarli pasayishiga olib keldi. Bu esa, kutilmalar tomonidan inflyatsiyaga bosimlarni pasayib borishiga sharoit yaratadi.

Bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasi davom etib, iyunda 5,9 foizga teng boʻldi va yil boshidan 2,6 foiz bandga pasaydi. Bu energiya tariflari oʻzgarishining ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlgani bilan izohlanib, inflyatsiyaning kelgusida ham pasayuvchi trendining davom etishiga ishora bermoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
31
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi koʻtarildi, rubl esa pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 19,80 soʻmga tushdi va 12 645,01 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 75,04 soʻmga oshib, 14 057,46 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,76 soʻmga tushib, 137,66 soʻmni tashkil qildi.

27 Jul 17:46
 
74
0
xs.uz

Elektr energiyasi isteʼmoli: Rekord yangilandi

Maʼlum qilinishicha, 25-iyul kuni soat 15:47 da havo harorati +39,7 darajada (Toshkent shahrida) Oʻzbekiston energotizimida isteʼmol quvvati 11 822 MWʻni tashkil qilgan. Mazkur koʻrsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord boʻlib, 2023-yil 28-iyulda (+40 daraja) qayd etilgan eng yuqori isteʼmolga nisbatan 343 MW koʻp boʻlgan.Shuningdek, 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli 253,3 mln KWhtml5-dom-document-internal-entity1-bull-endhʼni tashkil etib, 20

22 Jul 10:44
 
55
0
postda.uz

ONA-BOLA QUTQARILDI

Yakkabog‘ tumani “Besho‘g‘il” MFY hududidan o‘tuvchi Qizildaryo bo‘yiga bir guruh fuqarolar dam olishga kelishadi. Dam olish davomida ayollardan biri voyaga yetmagan farzandi bilan daryoga cho‘milish uchun tushib, suvning tezoqar qismida o‘z harakatini boshqarolmay oqib keta boshlaydi. Bu paytda shu yerdan o‘tayotgan tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori, kapitan Sherbek Elmurodov vaziyatni bilgach, tezda daryoga tushib, ona-bolani qutqarishga kirishadi. Taxminan yuz

26 Jul 10:21
 
33
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotganini koʻrsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi boʻyicha ishonchni oshirmoqda.Nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda.Inflyatsiyaning kutil