calendar 26 Jul 10:21
eye 33
comments 0
comments Manba: xs.uz

Paxta-toʻqimachilik klasterlariga tegishli Prezident farmoni eʼlon qilindi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, farmonga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan bir qator choralar belgilanmoqda. Xususan, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan 2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni 2024-yil 1-dekabrgacha toʻliq qaytargan klasterlarga ushbu kredit boʻyicha foiz toʻlovlari (bank marjasidan tashqari) 2025-yil 1-yanvarga qadar Jamgʻarma hisobidan qaytarib beriladi.

Bundan tashqari, 2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamgʻarmaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldigʻini qaytarish muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-avgustdan Jamgʻarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha klasterlar taʼsischilarining shaxsiy kafilligi qoʻshimcha ravishda rasmiylashtiriladi.

Qayd etilishicha, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan va sotib olish qiymatining 35 foizi va undan yuqori qismi toʻlangan paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish maskanlarini jalb etiladigan kredit boʻyicha mulkiy majmua sifatida garovga qoʻyishga ruxsat berilishi ham farmonga asosan amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

'Tugatilayotgan 'Oʻzpaxtasanoat' AJning mulkiy majmualarini sotib olish boʻyicha klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan toʻlov grafigi boʻyicha qarzdorliklar muddati 1-yilga uzaytiriladi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:24
 
71
0
xs.uz

Fargʻonadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

Fargʻona viloyatida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berd.Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 26-iyul kuni soat 14:30 larda Qoʻshtepa tumanida yuz bergan. Oʻsha kuni 1950-yilda tugʻilgan haydovchi N.E. 'VAZ-2106' avtomobilida 4R-112 Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlining 228 kilometrida qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi 'Cobalt' avtomobiliga yo

29 Jul 14:15
 
58
0
qalampir.uz

Test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkent shahrida OTMga kirishda topshiriladigan test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs 23 yoshli J.I.ning ishonchiga kirib, Toshkentdagi oliygohlarning biridagi test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini topib berishni va’da qilgan. Jabrlanuvchi uning hisob raqamiga 885 096 so‘m o‘tkazgan. Shundan keyin, u umuman aloqa

20 Jul 14:37
 
74
0
qalampir.uz

Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi

Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlari va ob’ektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Qayd etilishicha, xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi

29 Jul 11:45
 
50
0
qalampir.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zgidromet ertaga, 29 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo