calendar 26 Jul 10:20
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

“O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, tovar ayirboshlashni yanada ko‘paytirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy almashinuvni rivojlantirish muhimligi qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni 67 yoshga to‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
66
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:20
 
31
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

19 Jul 10:58
 
66
0
xs.uz

Fargʻona ekoshahrida bayram shukuhi

'Chilla ' isteʼdodlar mavsumi' shiori ostida fargʻonalik xushovoz xonandalar ijrosida gala-konserti boʻlib oʻtdi.' Ekoshaharning fayzli oqshomida madaniyat, sanʼat bayrami shukuhi kezmoqda, ' deydi Oʻzbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov. ' Oʻtgan qisqa muddatda yangi shaharcha xalqimizning sevimli manziliga aylandi. Chunki bu yerga kelgan sayyohlar noyob qurilish arxitekturasi, soʻlim tabiat manzarasidan bahra oladi.Taʼkidlash joiz, Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Ekoshah

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali'muloqot qildi.Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik