calendar 23 Jul 07:45
eye 92
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistondagi tijorat banklarining jami aktivlari miqdori 690 trln soʻmdan oshdi

image
Qayd etilishicha, 2024-yil 1-iyul holatiga Oʻzbekistondagi 35 ta tijorat bankining jami aktivlari 690,4 trillion soʻmni tashkil etgan. Yil boshida bu koʻrsatkich 652,1 trillion soʻm, oʻtgan 2023-yil iyulida 576,6 trillion soʻm boʻlgan. Joriy oy avvalida 12 ta bank aktivlari 3 trillion soʻmgacha, 7 tasiniki 3 trillion soʻmdan 10 trillion soʻmgacha, 9 tasiniki 10 trillion soʻmdan 30 trillion soʻmgacha boʻlgan. Eng yirik 7 ta bank aktivlari (har birining aktivi 30 trillion soʻmdan yuqori) 470,6 trillion soʻmni tashkil etgan. Hisobot davrida respublikadagi 35 ta bank tomonidan ajratilgan jami kreditlar miqdori 493,9 trillion soʻm boʻlgan. Yanvarda bu raqam 471,4 trillion soʻm edi. Iyul avvalida barcha banklar tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 161,1 trillion soʻmni tashkil etgan. Shundan 101,3 trillion soʻmi eng yirik 7 ta bank hissasiga toʻgʻri kelgan. Yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar miqdori esa 332,9 trillion soʻmga yetgan. Bunda ham yuqori koʻrsatkichni eng katta 7 ta bank (249,4 trillion soʻm) qayd etgan. Umuman olganda, banklar ajratgan kreditlarning asosiy qismi ' 428,4 trillion soʻmi uzoq muddatga yoʻnaltirilgan. Shundan milliy valyutadagi kreditlar 277,2 trillion soʻm, xorijiy valyutadagi kreditlar 216,7 trillion soʻm. Iyul oyi boshida respublikadagi barcha tijorat banklarining umumiy kapitali 104,1 trillion soʻmni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, bu koʻrsatkich yanvar oyida 97 trillion soʻm, 2023-yil 1-iyulida 86 trillion soʻm boʻlgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
163
0
xs.uz

“100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj

Ayni kunlarda Namangan viloyatida 64-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtmoqda. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi vodiy viloyatlariga'qilgan xizmat safari chogʻida gullar shahrida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda boʻldi.Joriy yilning 25-may kunidan 29-iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu Xalqaro festivalda Namangan shahridagi bogʻ va xiyobonlar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilib, mehmonlarga mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari be

04 Jun 02:44
 
118
0
xs.uz

Oʻzbekiston Buyuk Britaniya bilan JST boʻyicha muzokaralarni yakunladi

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov'maʼlum qildi.Oʻrunovning qayd etishicha, kelishuv oʻtgan oy oxirida Londonda boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasi boʻlib, ichki tasdiqlash tartib-qoidalaridan oʻtgan. Uni imzolash 12-iyun kuni Jenevada Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishi d

31 May 08:50
 
33
0
xs.uz

Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat

04 Jun 02:44
 
120
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.