calendar 22 Jul 16:05
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tarvuz narxi rekord darajada pastladi

image

Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, O‘zbekistonda ham tarvuz narxi maksimal darajada pastladi. Bu haqda “East Fruit” loyihasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi bozor rastalarida tarvuzning narxi 1 kilogramm uchun 8 sentni tashkil etmoqda. Narxlarning tushishi O‘zbekistonda tarvuzga deyarli talab yo‘qligining asosiy sabablaridan biridir. Jumladan, O‘zbekiston tarvuzni Rossiyaga eksport qilib kelgan. Ammo hozirda mamlakatning o‘zida mahsulot narxi pastlagan. Bu esa O‘zbekistondan keladigan tarvuzga bo‘lgan talabning pasayishiga olib kelgan.

“O‘zbekistondan Sharqiy Yevropa va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tarvuz eksporti joriy mavsumda ancha sustlashgan. Chunki, xususan, Ukraina fermerlari ommaviy yig‘im-terim mavsumi boshlanishidan oldin ham tarvuzni haddan tashqari ko‘p yetishtirgan, bu esa narxlarning maksimal tushishiga olib kelgan.

Qolaversa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun O‘zbekistondan olib o‘tishdan ko‘ra, Ukrainada arzon tarvuz sotib olish foydaliroq”, deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) sarmoyaviy departamenti iqtisodchisi Andrey Yarmak.

Meva-sabzavot biznesi bo‘yicha xalqaro ekspert Baxtiyor Abduvohidov Tojikistonda ham vaziyat shunga o‘xshashligini qayd etdi.

“Fermerlar kichik tarvuzlarni hammaga tekin tarqatmoqda, lekin katta tarvuzlarni hech bo‘lmaganda biron bir narxda sotish mumkin", deydi ekspert.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 18:08
 
95
0
xs.uz

Yangiyoʻlda 5 nafar shaxsni qasddan oʻldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlandi.Olingan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi shaxs (1995 й.т.) jabrlanuvchi erkak (marhum) ning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni oʻrtalarida mavjud boʻlgan qarz munosabati sababli sodir etganligi maʼlum boʻldi.Tergov harakatlari davom etmoqda.

19 Jul 11:30
 
75
0
qalampir.uz

O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

"Ko‘ksaroy" qarorgohida Qirg‘iziston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining rafiqalari qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashgan. Shuningdek, birinchi xonimlar Qibray

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

26 Jul 10:20
 
45
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao