calendar 20 Jul 12:37
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent viloyatida yaralangan laylak aholi xonadoniga kelib qoldi

image
Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro xonadoniga yaralangan laylak kelib qoldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16-iyul kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Zangiota tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan murojaatga asosan joyiga chiqib oʻrganish ishlarini olib borilgan.

Oʻrganish davomida Zangiota tumani Bogʻzor MFY Harbiylar koʻchasida yashovchi fuqaro oʻz xonadoniga laylak oʻng qanoti yaralangan holda kelib qolganligi aniqlangan. Qushga yordam koʻrsatish maqsadida inspektorlar tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimiga olib borilgan va unga birinchi yordam koʻrsatilgan.

'Hozirda laylakni mutaxassislar tomonidan davolash ishlari olib borilmoqda hamda qushning salomatligi yaxshilangandan soʻng u ochiq tabiatga qoʻyib yuboriladi', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 12:08
 
69
0
xs.uz

Barcha hokim va soliqchilar qatʼiy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha toʻlov qildirgan masʼullar jazolanadi

Bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum soʻzsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.Shu bilan birga, tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha toʻlov qilishga majburlayotgani boʻyicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.Ushbu vaziyatni tanqid qilib, Prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga koʻmak berish orqaligina eri

26 Jul 10:21
 
38
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

27 Jul 12:52
 
90
0
qalampir.uz

Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yildi

Toshkent viloyatida bir oilaning barcha  a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov QALAMPIR.UZ’ga  ma’lum qildi. Qayd etilishicha, kecha, 26 iyul kuni soat 06:19 larda Yangiyo‘l tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga yetib borgan

24 Aug 17:26
 
10
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar.Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini aloh