Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini yuqori baholadilar

Bu galgi sammitga birgalikda jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilgani qayd etildi. Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti samarali oʻtdi. Shu kunlarda mamlakatimiz hududlarida Qirgʻiziston madaniyati kunlari oʻtkazilmoqda.
Har doimgidek ochiq, konstruktiv va doʻstona ruhda oʻtgan bugungi muzokaralar yakunlari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yetakchilar kun tartibidagi barcha dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar, Bosh vazir oʻrinbosarlari va vazirlarning savdo-iqtisodiy sohadagi aniq rejalarini tingladilar.
Kelgusida oʻzaro hamkorlikni yanada yuqori bosqichiga koʻtarish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot tashrifning asosiy siyosiy hujjati boʻldi.
Prezidentlar raisligidagi Davlatlararo kengash tuzish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Yetakchilar bundan buyon ham parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosat idoralari, tarmoq vazirliklari, hududlar, ishbilarmon va jamoatchilik doiralari darajasida yaqin siyosiy muloqotni rivojlantirish va faol aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Tomonlar mintaqaviy va xalqaro platformalar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, SHHT, MDH, Turkiy davlatlar tashkiloti, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari va boshqa formatlardagi tashabbuslarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradilar.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining yangi keng qamrovli iqtisodiy kun tartibini shakllantirish muhimligini taʼkidladi.
Shu maqsadda bugun oʻzaro savdo hajmini oshirish dasturi qabul qilindi. Bundan tashqari, mamlakatlarimiz poytaxtlarida savdo uylari tashkil etiladi, yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish uchun uzoq muddatli eksport-import shartnomalari portfeli tayyorlanadi.
Eksportni qoʻllab-quvvatlash va sertifikatlarni tan olish vositalari joriy etiladi, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari uchun 'yashil yoʻlak' ishga tushiriladi.
Yetakchilar sanoat kooperatsiyasida, eng avvalo, ikki mamlakat iqtisodiyotining bir-birini toʻldiradigan tarmoqlarida yangi oʻsish nuqtalarini yaratish masalalariga alohida toʻxtaldilar. Bular energetika, avtomobilsozlik, transport va logistika, elektrotexnika, toʻqimachilik, agrosanoat va boshqa tarmoqlardagi loyihalardir.
Bugun Fargʻona va Namangan viloyatlarida quyosh stansiyalarini qurish, Chuy viloyatida avtomobillar, Qora-Baltada toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha muhim loyihalarga start berildi.
Bunday loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasining ustav kapitalini 200 million dollarga yetkazishga qaror qilindi.
Hududlar oʻrtasidagi tizimli muloqotni kengaytirish muhimligi qayd etildi. Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi ishini faollashtirishga kelishib olindi. Oʻzaro tashriflar jadvali tayyorlanib, hamkorlik boʻyicha 'yoʻl xaritalari' yangilanadi. Loyihalar portfelini yil yakuniga qadar 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Davlat rahbarlari qishloq xoʻjaligi sohasida yangi imkoniyatlarni belgilab berdilar. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini birgalikda yetishtirish, fyuchers bitimlaridan foydalangan holda intensiv bogʻlar va agroklasterlar tashkil etish shular jumlasidan.
Tomonlar mintaqada transport bogʻliqligini mustahkamlash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
- 'Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston' temir yoʻlini qurish strategik loyihasi boʻyicha uch tomonlama bitim imzolangani tarixiy voqea boʻldi, - dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasidagi yangi loyihalarni oʻrganish uchun ekspertlar guruhini tashkil etishga kelishib olindi.
Davlat rahbarlari energetika sohasidagi hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratdilar.
Tomonlar kichik gidroenergetika sohasida alohida hamkorlik dasturini tayyorlashga kelishib oldilar.
- Qambarota GESi qurilishi toʻgʻrisida uch tomonlama bitim qabul qilishni tezlashtirish choralarini koʻramiz. Ushbu megaloyiha, shubhasiz, butun mintaqamizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi, - dedi Oʻzbekiston Prezidenti.
Madaniyat, yoshlar, taʼlim, fan va sport sohalarida faol muloqot va almashinuvlar davom ettiriladi.
Davlatimiz rahbari sayyohlik almashinuvini rivojlantirish imkoniyatlarini alohida qayd etdi. Ayni paytda Toshkentdan Bishkek va Tomchiga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgan.
Tashrif davomida Oʻzbekistonning Issiqkoʻldagi sanatoriy-kurort majmualari toʻgʻrisida bitim imzolandi. Iyul oyi boshida Oʻzbekiston tomoni uchta obyektni ishga tushirdi, ular mehmonlarni qabul qilmoqda. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Samarali muzokaralar yakunida oʻzaro hamkorlikning muhim yoʻnalishlarida salmoqli bitimlar toʻplami qabul qilindi.
Mamlakatimiz yetakchisi soʻzining yakunida muzokaralar natijalaridan mamnunligini izhor etdi hamda Qirgʻiziston Prezidentining Oʻzbekistonga tarixiy tashrifi samaralari hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga, Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi
Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j
Oʻzbekistonda elektr energiyasini qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali ham olish boshlanadi
Oʻzbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalishdagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Prezidentning 2025-yil 24-martdagi PQ-116-son, PQ-117-son va PQ-118-son qarorlari qabul qilindi.Qarorlarga koʻra, Toshkent shahri va Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechiml
Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Oʻzbekistonda ilk bor tarixiy Samarqand shahri BMTning '2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish' mavzusida boʻlib oʻtadigan 'Davlat xizmati forumi ' 2025' nufuzli forumiga mezbonlik qiladi.Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.Mazkur forum joriy yilning 23-iyun sana
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh