calendar 18 Jul 16:58
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

Javohir Sindorov Magnus Karlsenni magʻlub etib, “Titled Tuesday” turnirida gʻolib chiqdi

image
Sindorovning gʻalaba sari yoʻli bir qancha kuchli shaxmatchilarni magʻlubiyatga uchratgani bilan eʼtiborga molik boʻldi. Uning raqiblari orasida Magnus Karlsen, Aleksey Sarana, Endryus Tang va GothamChess nomi bilan ham tanilgan Levi Rozman ham bor edi.

'Titled Tuesday' turniri Chess.com saytida oʻtkaziladigan mashhur onlayn turnir hisoblanadi. Unda dunyoning turli burchaklaridan 'titled', yaʼni shaxmatda eng kamida sport ustasi unvoniga ega boʻlgan shaxmatchilar orasida 'blits' formatda raqobatlashadi. Turnirning mukofot jamgʻarmasi 1600 AQSH dollarni tashkil etadi. Birinchi oʻrin sohibiga 750 AQSH dollar beriladi.

Qayd etish kerakki, 10-sentyabrdan 23-sentyabrgacha Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Xalqaro 45-shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtadi. Ushbu musobaqada Oʻzbekistonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi sifatida aynan Javohir qatnashishi mumkin.

Avvalroq Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen nufuzli turnir gʻolibligi uchun bellashishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Parij-2024: Mali-Isroil o‘yini uchun xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Parijdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Isroil va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘radi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, o‘yin xavfsizligini ta’minlash uchun Mali-Isroil jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yini o‘tkaziladigan “Park de Prens” stadioniga mingga yaqin politsiyachi jalb etiladi. Ma’lumot uchun, Mali-Isroil uchrashuvi Tosh

22 Jul 10:35
 
71
0
qalampir.uz

Fransiya qator rossiyalik jurnalistlarni Olimpiadaga kiritmaydi

Fransiya hukumati Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga bir qator rossiyalik jurnalistlarni kiritmaslikka qaror qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen kecha, 20 iyul kuni “Le Journal du Dimanche” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Taqiq Rossiya, Belarus va boshqa bir qator mamlakatlardan yuzga yaqin odamga taalluqli”, degan Darmanen. Uning aniqlik kiritishicha, gap 2024 yilgi Olimpiadaga jurnalist, fiziot

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBAʼni tan olingan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan federatsiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda XOQ o‘z qarorida ma’lum qildi. Qaror XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan qabul qilindi. XOQ va IBA muammolari 2019 yilda federatsiyaning oldingi rahbarligida boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo bo‘lgan. 2020 yilda rossiyalik Umar Kremlev IBA rahbari bo‘ldi, ammo bu federatsiyaga X