calendar 18 Jul 16:51
eye 50
comments 0
comments Manba: xs.uz

FIFAda terma jamoalar reytingi yangilandi. Oʻzbekiston koʻtarilishga erisha oldimi?

image
Reytingning yuqori qismida jahon chempionatining vitse-chempioni Fransiya ikkinchi oʻrinni egallab turgan boʻlsa, 'Yevro-2024' gʻolibi Ispaniya 5 pogʻona koʻtarilib, kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Shuningdek, Angliya toʻrtinchi, Braziliya beshinchi, Belgiya oltinchi, Niderlandiya yettinchi, Portugaliya sakkizinchi, 'Copa America' vitse-chempioni Kolumbiya toʻqqizinchi, shonli Italiya esa kuchli oʻninchi terma jamoa sifatida qayd etilgan.



Osiyo terma jamoalari orasida Oʻzbekiston 8-oʻrinni egalladi. Umumiy reytingda esa bir pogʻona yuqoriladi.

Kunchiqar yurt, Yaponiya, Osiyoning eng nufuzli jamoasi sifatida qayd etilgan boʻlib, xalqaro reytingda 18-oʻrinni egalladi. Eron yigirmanchi, Janubiy Koreya yigirma uchinchi, Avstraliya yigirma toʻrtinchi, Qatar oʻttiz toʻrtinchi, Iroq ellik beshinchi, Saudiya Arabistoni ellik oltinchi, Oʻzbekiston oltmish birinchi oʻrinni egallagan.

Qayd etish kerakki, Venesuela eng katta oʻsishga erishgan terma jamoa boʻldi. Lotin Amerikasi davlati 54-oʻrindan 37-oʻringacha oʻsa oldi. Bundan tashqari Turkiya ham yaxshi oʻsish qayd etib, 42-oʻrindan 26-oʻringacha koʻtarila oldi. Eng katta pasayish esa Chexiya Respublikasida qayd etildi. Yevropaning shonli termalaridan biri 34 oʻrindan 47-oʻringacha tushib ketdi.

Avvalroq Argentinaliklar 'Copa America' chempioni boʻlgach fransuzlarni haqorat qilib qoʻshiq kuylashgani va buning ortidan FIFA oʻrganish boshlagani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Tadqiqotchilar ofis xodimlari oʻrtasida surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish boʻyicha tavsiya berdi

Kamharakat turmush tarzi ' koʻplab kasalliklar omili. Asosiy vaqti ish stolida, kompyuter qarshisida oʻtadigan xodimlar bundan koʻp aziyat chekishi maʼlum.AQSH olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot ayni shu mavzuga bagʻishlandi. Unga 6300 nafardan ortiq ishtirokchi jalb qilindi. Oʻrganish davomida ofis xodimlari oʻrtasida surunkali kasalliklar va erta oʻlim xavfini kamaytirish yoʻllari tadqiq etildi.Maʼlum boʻlishicha, kuniga sakkiz soatdan koʻproq vaqt kompyuterda davomli oʻtiri

19 Jul 19:41
 
74
0
qalampir.uz

Zelenskiy Britaniya hukumati yig‘ilishida ishtirok etdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi 27 yil ichida Britaniya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ishtirok etgan birinchi xorijiy davlat yetakchisi bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. Aytilishicha, Zelenskiy hozirda o‘z hukumatining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazayotgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer qarorgohida. Bunday voqea oxirgi marta 1997 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda AQSH Prezidenti Bill Klinton Britaniya vazirlari bilan birga rezide

18 Jul 15:22
 
89
0
qalampir.uz

Pelosi Bayden qayta saylanishiga ishonmaydi – CNN 

AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosining fikricha, Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Pelosi Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida so‘rovlar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozona olmasligini ko‘rsatayotganini va bu bilan demokratlarni Vakillar palatasida g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum qilishini a

15 Jul 12:03
 
94
0
xs.uz

Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTH uchradi. Qurbonlar bor

Turkiyaning Mugʻla viloyatida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yoʻl transport hodisasi (YTH)ga uchradi. Bu haqda IHA agentligi xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, fojia oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, yana 28 nafar odam tan jarohati olgan. Ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.'Mahalliy aholini bir kunlik sayohatga olib ketayotgan avtobusning Akyaka shahrida tormoz ishlamay qolgan va toʻxtab turgan uchta mashinaga borib urilgan. Keyin yana harakatlanishni