calendar 18 Jul 15:56
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

image
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi'boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan koʻp qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun yaxshi zamin yaratilganini alohida taʼkidladi.

Ushbu tashrif doirasida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib chiqishga oʻzaro intilishdan dalolat boʻlishi qayd etildi.

Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oshirish, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, 'Markaziy Osiyo plyus' formatlari doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 2 milliard dollarga yetkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ekani koʻrsatib oʻtildi. Kuni kecha oʻtgan biznes forumi muvaffaqiyatli boʻldi, yakunida yangi kelishuvlar toʻplami qabul qilindi.

Bu galgi tashrif doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, avtomobilsozlik va toʻqimachilik sohalarida kooperatsiya loyihalari ishga tushiriladi.

Strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalarni, jumladan, 'Xitoy - Qirgʻiziston - Oʻzbekiston' temir yoʻli va Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirish masalalariga ustuvor eʼtibor qaratildi.

Transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha yangi loyiha takliflari koʻrib chiqildi.

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni, jumladan, Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Shuningdek, qishloq va suv xoʻjaligi, ekologiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar almashinuv faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu hafta mamlakatimizda Qirgʻiziston madaniyati kunlari oʻtkazilmoqda. Kuni kecha Samarqandda ikkinchi Rektorlar forumi muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Tomonlar kelgusi yillarga moʻljallangan madaniy tadbirlar taqvimini tayyorlashga kelishib oldilar.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 17:05
 
60
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 4 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishidan ogohlantirdi

Bildirilishicha, 23html5-dom-document-internal-entity1-minus-end26-iyul kunlari kutilayotgan yomgʻir yogʻishi sababli Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida sel-suv toshqini kuzatilishi xavfi bor.Hududlar:Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.

26 Jul 12:45
 
79
0
qalampir.uz

27 oktyabr kuni O‘zbekistonda saylov bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi 2024 yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarini  deputatlarini aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkaziladi. Dep

27 Jul 18:04
 
102
0
qalampir.uz

OTM va yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari e’lon qilindi

2024/2025 o‘quv yili uchun ta’lim kesimida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim shakllari, tillar va yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi xabar berdi. Ular quyidagilardan iborat:  kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti; sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti; kechki ta’lim shakli uchun

14 Aug 06:37
 
15
0
xs.uz

Президент спортчиларнинг Олимпиададаги тарихий зафарлари билан бутун Ўзбекистон халқини табриклади

Айни дамда Шавкат Мирзиёев раислигида Бухоро вилоятига қилинган ташриф натижадорлигини ошириш, муқобил энергия манбаларини жорий этиш ҳамда саноат корхоналари учун жозибадор шароитларни яратиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.Давлат раҳб