calendar 18 Jul 09:49
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ronaldino va Ibragimovich asrning top-100 sportchisi safiga kirdi

image

Sobiq futbolchilar braziliyalik Ronaldino va shvetsiyalik Zlatan Ibragimovich XXI asrning eng yaxshi 100 nafar sportchisi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Ronaldino faoliyati davomida PSJ, “Barselona” va “Milan” klublarida o‘ynagan. Umumiy hisobda futbolchi faoliyatini yakunlagan 2018 yilga kelib 549 ta o‘yin o‘tkazib, 198 ta gol urgan va 168 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ronaldino “Oltin to‘p” sohibi, shuningdek, Jahon chempionati, Amerika kubogi, Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya va Italiya chempionatlari g‘olibi hisoblanadi.

Ibragimovich 2023 yilning yozida faoliyatini yakunladi. Bu vaqtga kelib u 827 o‘yin o‘tkazib, 496 gol urgan va 202 golga assistentlik qilgan. 42 yoshli futbolchi beshta Italiya chempionligi, to‘rtta Fransiya chempionligi va bir marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. Yevropa sahnasida esa Zlatan Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogini yuta olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
61
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa

19 Jul 15:05
 
114
0
qalampir.uz

“Barselona” muxlislari Niko Uilyamsning transferi uchun klubga xayriya qilmoqda

Ispaniyaning “Barselona” klubi muxlislari Niko Uilyamsning transferi uchun xayriya qilmoqda. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubi Tik-Tok'da Lamin Yamal yangi mavsumdan boshlab 19-raqam ostida o‘ynashi haqidagi videoni joylashtirgan. Izohlarda klub muxlislari “Niko Uilyamsning transferi uchun” deb yozib, “donat” amalga oshirgan.  E’tiborlisi, donat miqdori 1 yevrodan oshmaydi. Ayni vaqt

27 Jul 08:54
 
97
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekiston-Misr o‘yiniga hakam tayinlandi

Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Misr uchrashuvini yangi zelandiyalik Kavana-Vauf Kempbell boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Trevis Isaak va solomonlik Mutukera Bernard yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi yamaykalik Hamilton Odettega ishonib topshirildi. Misrga qarshi bahsda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi to‘liq oq libosda harakatlanadi. Darvozabon esa yashil rangli libosda maydonga tushadi. Ma