calendar 18 Jul 09:46
eye 55
comments 0
comments Manba: xs.uz

Buxoroga qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilishi maʼlum boʻldi

image
Toshkent'Buxoro'Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha 'Afrosiyob' yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda 'Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi' aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu reyslar harakati joriy yilning 23-avgust kunidan haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. 'Afrosiyob' elektropoyezdining qoʻshimcha harakati 778/777-sonli 'Toshkent'Buxoro'Toshkent' yoʻnalishida yoʻlga qoʻyildi.

Maʼlum boʻlishicha, poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanishi koʻzda tutilmoqda:

778-sonli Toshkent'Buxoro yoʻnalishi

Toshkent 6:59 ' Buxoro 11:05.

777-sonli Buxoro'Toshkent yoʻnalishi

Buxoro 16:12 ' Toshkent 20:20.

'Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilsa boʻladi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, oʻzbek sanʼati yulduzlari Xiva'Andijon poyezdida konditsioner ishlamayotganidan norozilik bildirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 13:44
 
69
0
xs.uz

Hukumatda yangi tuzilma tashkil qilinadi

Unda qayd etilishicha, birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga oʻsdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil emasligi qayd etildi. Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda oʻzimizda bor mahsulotni import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi. Shu bois mahalliylashtirish boʻyicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Har oyda eng koʻp import boʻlayot

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,76 soʻmga pastladi va 12 584,28 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 39,74 soʻmga tushib, 13 676,60 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0, 56 soʻmga koʻtarilib, 144,38 soʻmni tashkil qildi.

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Olti nafar investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi

Mazkur xususiylashtirish jarayonlari Deloitte kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish boʻyicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.Natijada, 2024-yil 15-iyulga qadar dunyoning turli mamlakatlarid

24 Aug 17:27
 
11
0
xs.uz

Soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdor ikki baravargacha oshirilishi mumkin

Oʻzbekistonda soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdorni ikki baravargacha oshirish taklif qilindi.Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatishga asos boʻladigan qonunbuzilish holatlari darajasi belgilanmaganini koʻrsatib oʻtdi. Oqibatda arzimagan kamchiliklar bilan ham tadbirkorlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish holatlari kuzatilmoqda.Shu bois 1-noyabrga qadar aholining hayoti va sogʻl