calendar 17 Jul 13:44
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul avtobuslar qoʻyiladi

image
Bu haqdagi 'Uzbekistan Airports' Matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yoʻnaltiriladi. 'Uzbekistan Airports' yoʻlovchilarga Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul transfer xizmatini taqdim etadi. Avtobuslar yoʻlovchilarni joʻnab ketishda ham, uchib kelishda ham manzil aeroportiga olib boradi.

Masalan, Urganchdan Moskvaga HY-9615 reysi bilan uchayotgan yoʻlovchilar Urganch aeroportiga soat 23:00 da yetib kelishlari lozim. Jadvalga koʻra, avtobuslar yoʻlovchilarni Urganch aeroportidan soat 23:30 da olib ketadi. Soat 02:30 da yoʻlovchilar Nukus aeroportiga yetkaziladi va u yerdan Moskvaga uchishadi. Moskvadan qaytgan yoʻlovchilarni Nukusdan Urganchga yetkazish jarayoni ham xuddi shunday tashkil etiladi. Nukus aeroportida chegara nazoratidan oʻtib, yuklarni qabul qilib olgan yoʻlovchilarni Urganchga yoʻl oladigan avtobuslar kutib turadi.

Eslatib oʻtamiz, Urganch xalqaro aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 2024-yilning 20-iyulidan 7-avgustiga qadar yopiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 20:27
 
101
0
xs.uz

«Oʻzgidromet» fuqarolarni joriy yilning 25-29-iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilayotgani munosabati bilan ogohlantirdi

Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha boʻlishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham shu munosabat bilan fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish qoidalarini eslatdi.Bildirilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʻir taʼsir qiladi. Hatto sogʻlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʻgʻri keladi.Quyosh

15 Jul 12:03
 
36
0
qalampir.uz

Matiz yonib ketishi oqibatida dalaga o‘t ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Matiz avtomobili yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. Soat 16:28 da tumanning “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli mashinada yong‘in chiqqan. Oqi

15 Jul 12:03
 
142
0
xs.uz

Toshkentda koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi

Qayd etilishicha, 14-iyul kuni soat 22:10 da Yashnabod tumani, 'Vatandosh' MFY Tuzel dahasi 12-A uydagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:33 da oʻchirilgan. Sodir boʻlgan yongʻin natijasida xonadondagi uy jihozlar yongan.Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq

15 Jul 12:03
 
72
0
xs.uz

“Korzinka” supermarketlar tarmogʻiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

'Korzinka' (Anglesey Food) supermarketlar tarmogʻiga nisbatan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatdi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi maʼlum qildi.Qayd etilishicha, 'Korzinka' tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida 'Kundalik xaridlarga eng arzon narx', 'Eng arzon narx ' Korzinkada', 'html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endEng unumlisiga keling!' degan reklamasida foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalg