calendar 17 Jul 12:42
eye 117
comments 0
comments Manba: xs.uz

Nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi

image
Qayd etilishicha, qarorga koʻra, nogironlikni belgilashning 2024-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, 2025-yil 1-sentyabrgacha respublikaning qolgan hududlarida, fuqarolarga nogironlikni belgilash boʻyicha YAIDXP (my.gov.uz), 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) koʻrigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yoʻllash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshirilishi, 'Inson' markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025-yil 1-sentyabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmasligi, shaxs sogʻligʻining holatiga koʻra 'Inson' markazlariga borish imkoniga ega boʻlmaganda sogʻligʻining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda oʻtkazilishi belgilanmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 1-oktyabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

Avvalroq, 'Yoshlar daftari'ga yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish muddati qisqargani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
131
0
xs.uz

Toshkentda koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi

Qayd etilishicha, 14-iyul kuni soat 22:10 da Yashnabod tumani, 'Vatandosh' MFY Tuzel dahasi 12-A uydagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:33 da oʻchirilgan. Sodir boʻlgan yongʻin natijasida xonadondagi uy jihozlar yongan.Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.

27 Jul 10:44
 
64
0
qalampir.uz

Xorazmda bog‘cha opa 3 yashar bolani kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi bola kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi. Aniqlanishicha, holat joriy yilning 25 iyul kuni haqiqatdan ham Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash maqsadida 2021 yilda tug‘ilgan 3 yoshli I.S. ismli qizga sud-tibbiy ekspertizasi tayinl

17 Jul 13:44
 
51
0
xs.uz

Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul avtobuslar qoʻyiladi

Bu haqdagi 'Uzbekistan Airports' Matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yoʻnaltiriladi. 'Uzbekistan Airports' yoʻlovchilarga Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul transfer xizmatini taqdim etadi. Avtobuslar yoʻlovchilarni joʻnab ketishda ham, uchib kelishda ham manzil aeroportiga olib boradi.Masalan, Urganchdan Moskvaga HY-9615 reysi bilan uchayotgan yoʻlovchilar Urganch aeroportiga soat 23:00 da y