calendar 17 Jul 11:01
eye 98
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ayrim tuman va shahar hokimlari ishdan olindi

image
'Yashil' energetikadagi islohotlar natijasida hozirgacha ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt 'yashil' energiya olindi.

Bu yarim milliard kub metr gazni tejash imkonini berdi.

Shu yilning oʻzida mahallalarni obod qilish, bogʻcha, maktab, tibbiyot, yoʻl, suv, elektr kabi infratuzilmani yaxshilash uchun byudjetdan 31,5 trillion soʻm ajratildi. Bunga yana 1,5 trillion soʻm ajratilishi belgilandi.

Yil boshidan 18 ming 600 ta yangi xonadon qurilib, foydalanishga topshirildi.

Oʻtgan olti oyda 26 mingta oilaga 7 trillion soʻmga yaqin ipoteka krediti ajratildi. Ular boʻyicha boshlangʻich toʻlov va foizni qoplash uchun 545 milliard soʻm subsidiya berildi.

' Yutuqlarimiz haqida koʻp gapirish mumkin. Dunyodagi ogʻir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy oʻsish yoʻlida aniq natijalarga erishayapmiz.

Buni Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham eʼtirof etayapti, ' dedi davlatimiz rahbari.

Bunga munosib hissa qoʻshayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.

Shu bilan birga, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻrish, Qoraoʻzak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Gʻozgʻon shahri hokimlarini ishdan olish boʻyicha Bosh vazir A.Aripovning taklifi qoʻllab-quvvatlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi

25-yanvar kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi 'Amirsoy' kurort majmuasida Qirgʻiziston Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.Qirgʻiziston Prezidenti togʻ-changʻi majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlar

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar va talablarni tartibga soluvchi bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qaror orqali ichki ishlar, bojxona va harbiy xizmatga qabul qilish jarayonlarini yanada shaffoflashtirish va takomillashtirish koʻzda tutilgan.Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bu organlarda ishlash istagini bi

27 Jan 00:53
 
25
0
xs.uz

Qoʻqonda oʻzini 3-qavatdan tashlab yuborgan talaba qiz vafot etdi

2024-yilning 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar qilishicha, talaba qiz koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamlarga qaramasdan, olgan ogʻir tan jarohatlari sababli vafot etgan.Maʼlum qilinishicha, Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi