calendar 17 Jul 10:44
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YeI davlatlari Afg‘onistonda elchixonalarni qayta ochishni o‘rganmoqda – “Bloomberg”

image

Yevropaning bir qancha davlatlari Afg‘onistonda o‘z elchixonalarini qayta ochish va shu orqali “Tolibon” harakatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari rasmiylari va manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

“Bryussel rasmiylari Afg‘onistonda ayollar huquqlarini himoya qilish va mintaqada strategik mavjudlikni o‘rnatish uchun diplomatik vakolatxonalar ochish zarurligini tan ola boshladi”, deydi yevropalik diplomatlardan biri.

Agentlikning eslatishicha, Afg‘onistonda hozirda faqat Yevropa Ittifoqining butun uyushma sifatida vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda, alohida Yevropa davlatlari esa “Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin o‘z elchixonalarini yopgan.

Xususan, Italiya Afg‘onistonda o‘z elchixonasini qayta ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining aytishicha, Italiyaning Qatardagi elchisi yaqinda Qobulga borgan.

“Biz bu borada ishlayapmiz. Muammoni hal qilish juda qiyin, bu vaqt talab etadi”, degan vazir Vashingtondagi NATO sammiti doirasida agentlikka bergan intervyusida.

Qayd etilishicha, Ispaniya ham xuddi shunday yo‘l tutadi. Afg‘onistondagi elchi hozirda "xavfsizlik nuqtai nazaridan" Qatarda ishlamoqda. Madrid “imkon qadar tezroq” elchini Qobulga qaytarishni rejalashtirmoqda.

“Xavfsizlikning minimal shartlari bajarilishi bilan biz elchimizni qaytarib beramiz. Biz bir oy oldin tayyor edik, ammo, afsuski, o‘shanda ISHID terrorchilari Afg‘onistonda uch ispanlikni o‘ldirdi”, deydi Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, Fransiya, Britaniya va Germaniya rasmiylari agentlikka yaqin kelajakda Qobulda o‘z vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmaganliklarini aytgan. O‘z navbatida, Fransiya rasmiysi Afg‘onistonda diplomatik vakolatxonaning yo‘qligi "cheksiz davom eta olmasligini" tan oldi.

Buyuk Britaniya rasmiylari esa “xavfsizlik va siyosiy sharoitlar imkon bersa,” diplomatlarni Afg‘onistonga qaytarish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishlarini tasdiqladi.

Amerika ma’muriyatining ismini oshkor etmagan yuqori martabali mulozimining agentlikka ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan hukumatni rasman tan olishni va bu mamlakatdagi elchixonasi faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmayapti.

G‘arb davlatlari 2021 yilda AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketib, Qobulni “Tolibon” kuchlari egallab olgandan so‘ng diplomatik vakolatxonalarini yopdi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi mamlakatdagi mavjudligini saqlab qoldi. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Afg‘onistonda bir necha diplomatlarini qoldirgan, ularning asosiy vazifasi aholi o‘rtasida gumanitar yordam tarqatish bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
31
0
xs.uz

“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi

Amerikaning 'Nvidia' kompaniyasi qiymati Xitoyning 'DeepSeek' sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa 'Nvidia'ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.Kompaniya 'DeepSeek' mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham 'Nvidia' chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.Xi

27 Jan 00:54
 
25
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk

27 Jan 00:54
 
47
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu

31 Jan 15:22
 
26
0
xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat