calendar 16 Jul 10:38
eye 111
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda hindistonlik o‘z joniga qasd qildi

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy firmada ishlab kelgan 1963 yilda tug‘ilgan Hindiston fuqarosi Sh.Samar o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, marhum Toshkentda vaqtincha ro‘yxat asosida yashab kelgan. U vafotidan oldin ingliz va rus tillarida tilxat yozib qoldirgan. Unda asosan moddiy qiyinchilikka tushib qolgani, o‘z joniga o‘zi qasd qilgani, ushbu holat bo‘yicha hech kimga hech qanday da’vosi yo‘qligi haqida yozilgan. 

Shuningdek, marhum tilxatda tanasini Hindiston Respublikasiga jo‘natilishini iltimos qilgan. 
Ma’lum bo‘lishicha, Sh.Samar 12 iyul kuni taxminan soat 12:00-13:00 oralig‘ida firma binosi ichidagi hammomxonada  o‘zining chap bilak sohasi tomirlariga va bo‘yin sohasiga ustara yordamida jarohat yetkazib, o‘z joniga qasd qilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Yakkasaroy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni 45 yoshli o‘zbekistonlik ayol Hindistondagi xususiy shifoxona hammomida o‘z joniga qasd qilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Farg‘onada 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan korxona aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi. Bildirilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida  tadbir o‘tkazilgan. Natijada Marg‘ilon shahrida faoliyat yurit

22 Jul 19:38
 
72
0
xs.uz

Doʻkonda QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirgan sotuvchi qamaldi

Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonlarning birida sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirgani haqida xabar'berilgan edi. Bolalar ombudsmani erkakka nisbatan sud hukmi oʻqilganini'maʼlum qildi.Qayd etilishicha, holat boʻyicha doʻkon sotuvchisi З.А.га nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ish qoʻzgʻatilgan.Bugun, 22-iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Guliston shahar sudi hukmi bilan unga 1

26 Jul 17:11
 
64
0
xs.uz

Andijonda 11-sinf oʻquvchisi kanalda oqib ketdi

Qayd etilishicha, 24-iyul kuni soat 13:30 larda S. S. Marhamat tumani 'Qovunchi' MFY hududidan oqib oʻtuvchi 'Katta Fargʻona' kanaliga choʻmilishga borgan va ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketgan.'Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi', deyiladi xabarda.

23 Jul 11:15
 
50
0
xs.uz

50 yillik muammo 5 kunda ijobiy yechim topdi

' Men istiqomat qilayotgan hovli-joy bundan 50 yil muqaddam otam tomonidan qurib, bitkazilgan, ' deydi u biz bilan suhbatda. ' Afsuski, shu paytgacha kadastr hujjati boʻlmagan. Bu borada, albatta, oʻzimizning eʼtiborsizligimiz, yetarli huquqiy bilimga ega boʻlmaganligimiz sabab boʻlgan. Bu hayotimiz davomida koʻplab muammolarni keltirib chiqardi. Kelgusida farzandlarim ham shu kabi qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga murojaat qi