calendar 15 Jul 22:34
eye 171
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSHda 22 yoshli qiz jazmanining bank hisobidan pul olish uchun barmog‘ini kesib ketdi

image

AQSHda 22 yoshli ayol 53 yoshli sevgilisini hisobidan pul olish uchun barmog‘ini kesib ketdi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel oyida 53 yoshli erkak Vashingtondagi kvartirasida o‘lik holda topilgan. Uning boshida ko‘plab jarohatlar, jumladan, tanasida pichoq izlari, qo‘lining bosh barmog‘i kesilgan bo‘lgan.

Nashrga ko‘ra, erkakning 22 yoshli sevgilisi sheriklari bilan qochib ketayotgan paytda ko‘chadagi videoyozuvlarga tushib qolgan. Guvohlarning fikricha, qiz va uning do‘stlari avval erkakni do‘pposlagan, pichoqlagan, so‘ng uning bank hisobiga kirish uchun bosh barmog‘ini kesib olgan.

Tekushiruvlar davomida gumonlanuvchi avvaldan sevgilisining pullarini giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar va turli xil aysh-ishratga sarflagani aniqlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 13:51
 
86
0
qalampir.uz

Bayden Zelenskiyni yanglishib Putin deb chaqirdi (video)

AQSH yetakchisi Jo Bayden kecha, 11 iyul kuni Vashingtondagi NATO sammiti paytida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanishtirayotganda yanglishib Prezident Putin deb chaqirdi. Bu haqda “The Hill”  xabar berdi.   “Endi men so‘z navbatini katta jasoratga ega bo‘lgan, qat’iyatli Ukraina Prezidentiga topshirmoqchiman. Xonimlar va janoblar, Prezident Putin”, degan Bayden. Shundan so‘ng, xatosini tushunib yetgan Jo Bayden “u Prezident

23 Jul 10:13
 
59
0
qalampir.uz

Zelenskiy prezidentlikni qachon tark etishini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan kechayotgan urush o‘z nihoyasiga yetgach lavozimini tark etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida so‘z ochdi. Jurnalist undan Zelenskiy endi prezident bo‘lib qolishi mumkinmi, deb so‘radi. U esa, “Biz hammamiz insonmiz”, deya javob qaytardi. Prezident hokimiyatni boshqa birovga topshirishi mumkinligini tan oldi, lekin kim davlat rahbari bo‘lishi faqat Rossiya bilan urushdan keyin aniq bo‘li

11 Jul 17:52
 
49
0
xs.uz

Qozogʻiston AQSH sanksiyalari tufayli Rossiya qimmatli qogʻozlaridan qutula boshladi. Moskva bunga qanday munosabatda?

Qozogʻiston depozitariysi Rossiya qimmatli qogʻozlari egalarini 10-avgustgacha ularni mamlakatdan olib chiqishga chaqirdi. Bu haqda 11-iyul, payshanba kuni mamlakat depozitariysining tavsiyasi bilan xat orqali maʼlum qilingan.Qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyish boʻyicha hujjatda koʻrsatilgan muddatlar toʻgʻridan-toʻgʻri Vashington tomonidan 12-iyunda Milliy hisob-kitob depozitariysi va Moskva birjasiga qarshi joriy qilingan sanksiyalarga tegishli.'Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitari

15 Jul 12:02
 
54
0
qalampir.uz

Trampga uyushtirilgan suiqasdga dunyo liderlari qanday munosabat bildirdi?

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Oq uy sobiq rahbarining hayotiga qilingan tajovuzga dunyo mamlakatlarining rasmiylari qanday munosabat bildirdi? Vladimir Zelenskiy, Ukraina Prezidenti “Trampni otishganini qoraylayman. To‘g‘risi, suiqasddan dahshatga tushdim. Bunday  zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmaydi va dunyoning hech bir joyida