calendar 15 Jul 17:33
eye 183
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

image
Unga koʻra, dushanba va seshanba kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, bugun kunduzi Xorazm, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 36-39 darajagacha boʻladi.

Soʻngra ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim togʻoldi hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Havo harorati faqat 2-3 darajaga koʻtariladi va 34-37 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 38-40 darajagacha boʻladi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, 15'16-iyulda ayrim joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda dushanba va seshanba kunlari asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat 15-iyuldan 16-iyulga oʻtar kechasi va 16-iyulda ertalab shahar boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 17'19-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi.

Harorat 15'16-iyulda 32-35 daraja, 17'19-iyulda 35-37 daraja boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yil 23-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtiri

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

28 Jul 00:39
 
106
0
xs.uz

Zoir Mirzayev xodimlarini ragʻbatlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd soʻm ajratdi

Unga koʻra, mazkur mablagʻlar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati hamda 'Yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi' xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan ragʻbatlantirish mablagʻlari hisoblanadi.Xodimlarni ragʻbatlantirish mezonlari mavjud boʻlib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi 7 ta yoʻnalishda baholanadi, bunda ijro v

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Ozarbayjon Prezidenti Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O'zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldida