calendar 15 Jul 12:40
eye 108
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qoraqalpogʻistonda test sinovlari boʻlib oʻtmoqda

image


Nukus shahridagi test sinovlari Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti sport saroyi kabi 5 ta obyektda boʻlib oʻtmoqda.



Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Tajibay Romanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Batirbek Qayipbergenov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari, shuningdek, Nukus davlat pedagogika instituti rektori abituriyentlarning ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning farzandlariga test sinovlarida omad tiladi.



' Bugun qizim yuridik taʼlim yoʻnalishiga test topshirmoqda. Test sinovlariga yaxshi tayyorgarlik koʻrdi. Bu yerda ota-onalarning test jarayonini onlayn kuzatib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi nukuslik Sarsengul Bekjanova.



Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali onlayn translyatsiya qilinmoqda. Jarayonni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.



Maʼlumot uchun: Qoraqalpogʻiston Respublikasida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlari shu yilning 25-iyul kunigacha davom etadi. Test sinovlari kuniga ikki smenada ' 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 12:44
 
98
0
qalampir.uz

“Davlat o‘zi bermagan hayotni olishga haqqi yo‘q”. Tojiyev Qodirovga qarshi

Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik  partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan dahshatli voqea fonida begunoh go‘dakning umriga zomin bo‘lgan kimsalarning yashashga haqqi yo‘q, deya fikr bildirgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev esa fraksiyadoshining qarashlarini inkor qilib chiqdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy ta

17 Jul 16:34
 
107
0
xs.uz

Andijonda Oʻshdan oqib kelgan yana bir jasad topildi

Andijon viloyatidan kuchli sel kelishi oqibatida Oʻsh shahridan oqib kelgan yana bir ayolning jasadi topildi. Bu haqda Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, viloyat hududida Qirgʻiziston FVV yoʻllagan murojaati asosida qidiruv ishlari olib borilgan. Unda joriy yilning 14-iyul kuni Oʻsh viloyati va Oʻsh shahrida sodir boʻlgan tabiiy ofatda oqib ketgan ayol jinsiga mansub jasad topilgan.Aniqlik kiritilishicha, u bungacha bedarak yoʻq

12 Jul 14:07
 
92
0
qalampir.uz

Abituriyentlardan test sinovi olinadigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi. Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan: test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi; hududga kirish joylari; test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi; test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;

15 Jul 12:03
 
67
0
qalampir.uz

Makedonskiy tangasini O‘zbekistondan olib ketishga uringan xitoylik to‘xtatib qolindi

Aleksandr Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan olib ketishga uringan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi. Qayd etilishicha, bugun, 12 iyul kuni soat 01:05 atrofida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l su