calendar 15 Jul 12:03
eye 111
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ispaniya uchun magʻlubiyatlar uchun «o‘ch» olish, Angliyaga esa ilk bosh sovrinni yutish imkoniyati

image
Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionati finalida Ispaniya va Angliya terma jamoalari oʻzaro bellashadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 boshlanadi.

Mazkur jamoalar shu paytgacha 27-marta oʻzaro bahslashgan. Ularning 13 tasida Angliya, 10 tasida Ispaniya gʻalaba qozongan. Toʻrt bellashuvda gʻolib nomi aniqlanmagan. Ushbu oʻyinlarning 19 tasi oʻrtoqlik maqomidagi bahslar hisoblanadi.

Angliya va Ispaniya rasmiy musobaqalarda sakkiz bor bir-biriga qarshi maydonda saf tortgan. Jumladan, ikki bor UYEFA millatlar ligasida, ikki marta Yevropa chempionati final bosqichida, yana shunchadan jahon chempionati final bosqichi va Yevropa chempionati saralashida oʻzaro hisob-kitob qilgan. Ushbu oʻyinlarning 4 tasida Angliya, 2 tasida Ispaniya gʻalaba qozongan. Ikki bahs durang bilan yakunlangan.

Angliya va Ispaniya Yevropa chempionati final bosqichida ilk bora 1968-yilda bellashgan. Ushbu musobaqaning ¼ bosqichida inglizlar ispanlarni 1:0 hisobida yenggan.

Ushbu jamoalar 1996-yil tashkil etilgan 'Yevro'ning ham ¼ finalida bir-biriga qarshi maydonga chiqqan. Oʻyinning asosiy vaqti 0:0 hisobi bilan yakunlanadi. Penaltilar seriyasida esa 4:2 hisobida inglizlar gʻalaba qozongan. Eʼtiborli jihati, ayni shu oʻyinda hozirgi Angliya terma jamoasining bosh murabbiyi Garet Sautgeyt futbolchi sifatida oʻz vatani sharafini himoya qilgan.

Xoʻsh, bu safargi 'Yevro'da ustunlik kim tarafda?

Koʻpchilik futbol muxlisu mutaxassislari finalda ispanlarning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Chunki Ispaniya pley-off bosqichida Germaniya, Portugaliya kabi kuchli terma jamoalarni musobaqadan chiqarib yubordi.

Ammo Angliya ham pley-offda kuchsiz raqiblarga duch kelmadi. Ayniqsa, yarim finalda Niderlandiyani magʻlub etgani uning bosh sovrin uchun imkoniyatlarini oshirib yubordi. Qolaversa, bu Garet Sautgeyt bosh murabbiyligidagi Angliyaning Yevropa chempionatining ikkinchi finali hisoblanadi. Bu murabbiy shogirdlari bilan 2020-yilda oʻtkazilgan 'Yevro'ning ham finaliga qadar yetib kelib, Italiyaga yutqazib qoʻygandi. Shu bois koʻpchilik inglizlar oʻsha oʻyinda yoʻl qoʻygan xatolardan toʻgʻri xulosa chiqargan, deb hisoblamoqda.

Maʼlumot uchun aytib oʻtamiz, shu paytda Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionatlarida uchta oltin (1964, 2008, 2012), bitta kumush (1984) medalni qoʻlga kiritgan.

Angliya esa 1968, 1996-yillarda bronza, 2020-yilda esa kumush medal egasi boʻlgan.

Xoʻsh, ispanlar avvalgi 'Yevro'lardagi magʻlubiyat uchun inglizlardan 'qasos' oladimi?

Inglizlar esa Yevropa chempionatlaridagi ilk bosh sovrinini qoʻlga kiritadimi?

Ushbu savollarning barchasiga bugun Berlindagi 'Olimpiya' stadionida oʻtkaziladigan uchrashuvda aniqlik kiritiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 09:24
 
75
0
qalampir.uz

“Real” Mbappe transferidan keyin bir qancha futbolchilarini sotmoqchi

Madridning “Real” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash uchun sarflagan pullarining bir qismini qoplamoqchi. Shu maqsadda “qaymoqranglilar” klubning bir qancha yosh iqtidor egalarini sotish niyatida. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 20 yoshli himoyachi Mario Martin, 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Niko Pas va hujumchi Alvaro Rodriges bilan xayrlashishga tayyor. Qayd etilishicha, &ldq

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd