calendar 15 Jul 12:03
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Buxorodagi bog‘chada 150 bolaning ovqatiga 300 gramm go‘sht solingani aniqlandi

image

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyatidagi bog‘chalarning birida tuman hokimi 150 nafar bolaning ovqatidan 300 gramm go‘sht topgani haqida videotasvirlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova bilan bog‘landi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov tumandagi 14-MTTni o‘rganish uchun borgan. Videoda hokim bog‘cha oshxonasiga kirib, pishirilayotgan ovqatlar ichidagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rgani aks etgan. Go‘sht 300 gramm chiqqan. Ko‘rinishicha, bu 151 nafar tarbiyalanuvchi uchun tayyorlangan ikkinchi ovqatga solingan go‘sht. 

“Mana bu 14 bog‘chada 168 nafar bola ro‘yxatda turadi. 151 nafar bolaga pishirilayotgan ikkinchi ovqat. Makaron kabobning ichidagi barcha go‘shtlar olindi. Olib taroziga tortilsa, 300 gramm go‘sht chiqdi. Mana, 300 gramm go‘sht solingan. Mana qahramonlarimiz, hamshira, oshpaz va bog‘cha mudirasi o‘rinbosari”, degan hokim videoda.

Vazirlik matbuot kotibiga ko‘ra, 10 iyul kuni tuman hokimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ijtimoiy ob’ektlar faoliyati o‘rganilgan. Jarayonda tumandagi 14-MTT faoliyati bilan tanishilgan. Oshxonada birinchi ovqat ham pishirilayotgan bo‘lib, unga 5,85 kg go‘sht mahsuloti, ikkinchi ovqatga 300 gramm go‘sht solingani aniqlangan.

Shu bilan birga, bog‘cha mudirasi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 15:25
 
61
0
xs.uz

“Windows”dagi texnik muammo Oʻzbekiston aeroportlari ishiga taʼsir qilmadi — “Uzbekistan Airports”

Avvalroq 'Windows' tizimi bilan ishlaydigan qurilmalarda butun dunyo boʻylab muammolar kuzatilayotgani, xususan, Avstraliya, AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda aeroport, banklar, OAV hamda fond birjalari faoliyatida uzilishlar yuzaga kelayotgani haqida xabar berilgan edi.'Uzbekistan Airports' axborot xizmati 'Microsoft' ishidagi global uzilishlar Oʻzbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga taʼsir qilmadi, deb xabar bermoqda.'Ayni damda barcha aerodromlarda uchish va q

29 Jul 11:42
 
58
0
xs.uz

“Afrosiyob” tezyurar poyezdlarining ertalabki qatnov vaqtini oldinga surish taklif etildi

Qayd etilishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq boʻlishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.Amaldagi jadval (ertalab joʻnash vaqti):Taklif etilayotgan jadval (ertalab joʻnash vaqti):Yoʻlovchilar mazkur oʻzgartirish boʻyicha'ushbu havola'orqali oʻz munosabatlarini bildirishi mumkin.

22 Jul 16:12
 
102
0
xs.uz

“Uychi tajribasi” ommalashtirilmoqda

' Mashad mahallasidagi 'Asl Umid Abror' qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga qiziqib qoldik, ' deydi Guliston tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Olimjon Joʻrayev. ' Bu yerda asosan oʻrik, bodom, yongʻoq magʻizlari qayta ishlanib, eksportga tayyorlanadi. Eʼtiborli tomoni, doimiy 25 ta ishchi oʻrni yaratilgan boʻlsa, mavsumda bu 100 tagacha boradi. Mahsulot asosan qoʻl mehnati bilan tayyorlangani uchun xotin-qizl

08 Sep 16:44
 
10
0
xs.uz

Toshkent metropolitenida metall detektorlar oʻrnatiladi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalari oʻrnatiladi. Bu haqda 'Toshkent metropoliteni' DUK xabar berdi.Qayd etilishicha, Poytaxt metroposidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qoʻshimcha masʼuliyat va javobgarlikni talab etadi.Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini taʼminlash va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmala