calendar 15 Jul 12:03
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi

image

Bugun, 14 iyul kuni soat 8:00da 2024/2025 o‘quv yili uchun professional va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test imtihonlari boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Imtihonlar respublikaning 73 ta yopiq turdagi binolarida o‘tkaziladi. Joriy yilda 805 ming 688 nafar abituriyent testlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 25 iyulgacha davom etadi.

Test 14-25 iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

1-smena: 8:00da;

2-smena: 15:00da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin belgilangan hududda kelishi, testga passport (ID) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish talab qilinadi.

Testni yechish uchun 3ta majburiy fanlarga 60 daqiqa, 2ta mutaxassislik faniga 120 daqiqa vaqt beriladi. Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

  • my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
  • mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;
  • Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot;

@e_dtm_mandat1bot;

@e_dtm_mandat2bot;

@e_dtm_mandat3bot;

 @e_dtm_mandat4bot.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTMlarga kirish uchun test sinovlari qachon boshlanishi xabar qilingandi. Shuningdek, abituriyentlardan t​​​​​​est sinovi olinadigan binolar ro‘yxati e’lon qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 21:23
 
134
0
qalampir.uz

Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi

Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan

29 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so

12 Jul 17:47
 
143
0
xs.uz

Salkam 76 million soʻmlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlanganini maʼlum qildi.Departament Yangiyer shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va Sh.B. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti 'Esse change' nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan us