calendar 15 Jul 12:02
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mbappe bolaligida to‘p tepgan klubni sotib olmoqchi

image

Mbappening oilasi Kilian bolaligida o‘ynagan “Kan” klubini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Mbappening butun oilaviy biznesini uning onasi Faiza Lamari boshqaradi, u ayni paytda “Real Madrid” a’zosiga aylangan futbolchining agenti hisoblanadi. Hozirda Mbappelar oilasi “Kan” aksiyalarining nazorat paketini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumni Fransiya ikkinchi divizionida 6-o‘rinda yakunlagan “Kan” futbol klubi yangi mavsumda elitaga chiqish uchun kurashmoqchi. 

Normandiya klubi hozirda Amerikaning Oaktree Capital Management kompaniyasiga tegishli bo‘lib, mazkur kompaniya “Inter” klubiga ham egalik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  “Real” marketingi Mbappe futbolkalari sotuvida muammoga duch kelayotgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
86
0
xs.uz

Boks murabbiyi Toʻlqin Qilichev yurak xurujiga uchradi

'The Guardian' nashrining yozishicha, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev Hasanboy Doʻsmatovning gʻalabasini nishonlash payti yurak xurujiga uchragan.Qayd etilishicha, oʻsha vaqtda Britaniya jamoasi shifokorlari Harj Singh va Robbi Lillis yaqinroqda boʻlishgan. Ular zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatishgan ' defibrilliator yordamida Qilichevning hayotini saqlab qolishgan.'Oʻzbekiston jamoasi oltin medalni nishonlayotgan edi. Keyin esa ular turgan joyd

29 Jul 14:15
 
55
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoasiga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga

29 Jul 16:55
 
131
0
qalampir.uz

Bugun Bahodir Jalolov Olimpiadadagi yurishini boshlaydi

Bugun, 29 iyul kuni kuni Olimpiadaning uchinchi kunida 8 nafar o‘zbekistonlik sportchi medallar uchun kurash olib boradi. Boks bahslarida -63,5 kg da Ruslan Abdullayev, +92 kg vaznda esa Bahodir Jalolov medallar uchun yurishini boshlaydi. O‘zbekistonlik sportchilarning kun dasturidagi dastlabki chiqishlari dzyudochilar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasida -73 kg da Murodjon Yo‘ldoshev, ayollar o‘rtasida esa -57 kg vaznda Shukurjon Aminova bahslarga kirishadi.

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Parij-2024: Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z yurishini boshlaydi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston-Ispaniya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Jamoalar “C” guruhida keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan 3 ochko uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosd